Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
🏆 "어머니께 드리는 편지" TANLOV NATIJALARI ANQLANDI!
Aziz talabalar va koreys tili ixlosmandlari!
Onajonlarimizga bo‘lgan cheksiz mehr va hurmatni koreys tilida ifoda etgan "어머니께 드리는 편지" (Onajonimga maktub) tanlovi rasman yakunlandi!
Tanlovga juda ko‘p, ta’sirli va yuqori saviyada tayyorlangan ijodiy ishlar kelib tushdi. Ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Bizni kuzatishda davom eting, oldinda yana ko'plab qiziqarli tanlovlar zafar quchishingizni kutmoqda! 😉
@englishphilologyfaculty
🏆 "어머니께 드리는 편지" TANLOV NATIJALARI ANQLANDI!
Aziz talabalar va koreys tili ixlosmandlari!
Onajonlarimizga bo‘lgan cheksiz mehr va hurmatni koreys tilida ifoda etgan "어머니께 드리는 편지" (Onajonimga maktub) tanlovi rasman yakunlandi!
Tanlovga juda ko‘p, ta’sirli va yuqori saviyada tayyorlangan ijodiy ishlar kelib tushdi. Ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Tadbir tashkilotchisi Zulayxo Jo'rayeva tomonidan maktub matni (높임말), talaffuz (발음) hamda hissiyotlarni yetkazib bera olish mahorati xolis baholanib, g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o'rin: Mansurova Marjona (2462-guruh)
🥈 2-o'rin: Uralova Ug‘iloy Shavkat qizi (2338-guruh)
🥉 3-o'rin: Sobirjonova Gulsanam (2430-guruh)
🎉 Barcha g‘oliblarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlar bilan faxrlanamiz va kelgusi o‘qish hamda ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🚀
Bizni kuzatishda davom eting, oldinda yana ko'plab qiziqarli tanlovlar zafar quchishingizni kutmoqda! 😉
@englishphilologyfaculty
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu oqshomda sizni:
Do‘stlaringiz bilan keling va bu oqshomni bir umr esda qoladigan lahzalarga aylantiring! 🚀
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi muhokama markazida
🇺🇿 Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzusidagi respublika yosh parlamentariylari konferensiyasi tashkil etildi.
⏺ Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitov ham ishtirok etdi.
✅ Konferensiya davomida yoshlar siyosati, zamonaviy liderlik, yosh parlamentariylarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
➡️ Shuningdek, mazkur nufuzli konferensiyada 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi vakillari ham faol ishtirok etib, yoshlar siyosatiga oid muhim tashabbuslar va istiqbolli g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
✨ Tadbir yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni yangi tashabbus va g‘oyalar atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🎉2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich hamda fakultet jamoasi tomonidan 1- va 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni yakuniy imtihonlar oldidan qo‘llab-quvvatlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar bilan gulxan atrofida samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning yashash sharoiti, darslarga tayyorgarligi hamda yakuniy imtihonlarga hozirlik jarayoni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, gulxan atrofida kuy-qo‘shiqlar yangrab, musiqiy chiqishlar orqali talabalar kayfiyati yanada ko‘tarildi. Ushbu samimiy uchrashuv talabalarga unutilmas taassurot ulashdi hamda ularni oldinda turgan imtihonlarga yanada ruhlantirdi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!❤️ Telegram🧐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6