O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.8K photos
3.07K videos
323 files
9.93K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU Angren fakultetida Yoshlar ittifoqi koordinatorlarining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida Yoshlar ittifoqi fakultet koordinatorlarining 2025–2026-o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani I. Bazarov ochib berib, Yoshlar ittifoqining fakultet hayotidagi o‘rni, yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilish davomida koordinatorlar tomonidan o‘quv yili mobaynida amalga oshirilgan:
🔹 loyihalar,
🔹 ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,
🔹 yoshlar manfaatlariga qaratilgan tashabbuslar
yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida faol yoshlar va koordinatorlarning tashabbuskorligi alohida e’tirof etilib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Studiya_tok_shou24 | 14.05.2026

Yangi O‘zbekiston ayollari: bilim, tashabbus va mas’uliyat uyg‘unligi

mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)

🏆 "어머니께 드리는 편지" TANLOV NATIJALARI ANQLANDI!

​Aziz talabalar va koreys tili ixlosmandlari!
​Onajonlarimizga bo‘lgan cheksiz mehr va hurmatni koreys tilida ifoda etgan "어머니께 드리는 편지" (Onajonimga maktub) tanlovi rasman yakunlandi!

​Tanlovga juda ko‘p, ta’sirli va yuqori saviyada tayyorlangan ijodiy ishlar kelib tushdi. Ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Tadbir tashkilotchisi Zulayxo Jo'rayeva tomonidan maktub matni (높임말), talaffuz (발음) hamda hissiyotlarni yetkazib bera olish mahorati xolis baholanib, g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o'rin: Mansurova Marjona (2462-guruh)
🥈 2-o'rin: Uralova Ug‘iloy Shavkat qizi (2338-guruh)
🥉 3-o'rin: Sobirjonova Gulsanam (2430-guruh)
🎉 Barcha g‘oliblarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlar bilan faxrlanamiz va kelgusi o‘qish hamda ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🚀


​Bizni kuzatishda davom eting, oldinda yana ko'plab qiziqarli tanlovlar zafar quchishingizni kutmoqda! 😉

@englishphilologyfaculty
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Bitiruvchilar uchun unutilmas sovg‘a!

🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda siz bitiruvchilarni yilning eng yorqin va eng katta bitiruv shou-kechasiga taklif etadi! 🎉

🙂 25-may
🕓 18:00
📍 Olimpiya shaharchasi
🎟 Kirish mutlaqo bepul

Bu oqshomda sizni:
yulduzli sahna;
🎤20 dan ortiq sevimli san’atkorlar;
🎧trenddagi hitlar;
💜cheksiz energiya;
🔡mega vibe;
🎼unutilmas atmosfera kutmoqda.

Do‘stlaringiz bilan keling va bu oqshomni bir umr esda qoladigan lahzalarga aylantiring! 🚀

📍25-may kuni soat 18:00 da Olimpiya shaharchasida ko‘rishamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi muhokama markazida

🇺🇿 Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi” mavzusidagi respublika yosh parlamentariylari konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitov ham ishtirok etdi.

Konferensiya davomida yoshlar siyosati, zamonaviy liderlik, yosh parlamentariylarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Shuningdek, mazkur nufuzli konferensiyada 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi vakillari ham faol ishtirok etib, yoshlar siyosatiga oid muhim tashabbuslar va istiqbolli g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni yangi tashabbus va g‘oyalar atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2🎉2