O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.7K photos
3.07K videos
323 files
9.92K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🔻🔻🔻🔻🔻

Xalqaro ilmiy konferensiyada faol ishtirok!

Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida 14–15-may kunlari bo‘lib o‘tayotgan “I Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi: til masalalari” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada universitetimiz vakillari munosib ishtirok etdilar.

Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari Mannonova Feruzabonu hamda Niyadullayeva Sabrina, shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari — Muxtorova Laylo (2408-guruh) va Bozorboyeva Sabohat (2417-guruh) konferensiyada faol qatnashib, xalqaro ilmiy tajriba almashdilar.

Mazkur ishtirok xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, til va adabiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ishtirokchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏3🔥1
O‘zDJTUda adabiyot va ma’naviyatga bag‘ishlangan kecha

15-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida chinakam adabiyot bayrami, qalb tadbiriga aylangan ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbiri barchaning qalbidan chuqur joy oldi. Mazkur tadbir Ingliz tili 1- hamda 2-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari M. Alimardonova va Z. Ibragimova tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirning faxriy mehmoni sifatida taniqli shoira Bashorat Sulaymonova иштирок etib, o‘zining dilbar she’rlari va samimiy xotiralari bilan davraga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi.

Kecha davomida Halima Xudoyberdiyeva maktabining sobiq o‘quvchilari hamda universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida she’riy mushoyiralar tashkil etildi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan mualliflik she’rlari va shoira ijodiga bildirilgan yuksak ehtirom tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu ma’naviy uchrashuv nafaqat xotira tadbiri, balki haqiqiy iste’dodlar, she’riyat va ma’rifat bayramiga aylandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
📚 14-may kuni “Yangi kitob” loyihasining ilk taqdimoti boʻlib oʻtdi

📌 Tadbirda yangi nashr qilingan 6 ta kitob teatrlashtirilgan sahnalar, sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videolar hamda yozuvchi, tarjimon va noshirlarning jonli chiqishlari orqali kitobxonlarga taqdim etildi. Mualliflar bilan uchrashuv va imzolash marosimlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.


🎓 Mazkur kitob taqdimotida Roman-german filologiyasi fakulteti FISP 2406-guruh talabasi Nuraliyeva Mashxura tashabbusi bilan bir guruh faol talabalar ham ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish, yoshlar orasida mutolaa muhitini rivojlantirish boʻyicha fikr almashdilar.

📖 Kitob va mutolaa — tafakkur va taraqqiyot sari muhim qadam.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi bosqich talabalari bilan tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Tarjimonlik fakultetining 4-bosqich talabalari uchun amaliy uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Tadbirda:
🔹 O‘zbekiston Milliy Banki AJ Uchtepa BXM boshqaruvchisi I.S. Yakubov
🔹 “Kelajakka qadam” loyihasi menejeri B.P. Aralov
ishtirok etib, talabalarga o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes g‘oyalarni rivojlantirish hamda moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan muhim tavsiya va maslahatlar berdilar.

Uchrashuv davomida:
✔️ yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
✔️ imtiyozli kredit va moliyaviy imkoniyatlar
✔️ startap va kichik biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish
✔️ mehnat bozorida zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarning ahamiyati
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish, ularning bandligini ta’minlash hamda mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zDJTUda talabalar va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy uchrashuv va loyihalar izchil davom ettiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3