O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.7K photos
3.07K videos
323 files
9.92K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi tomonidan “Art Reading” fani doirasida navbatdagi tadbirdan lavhalar...

Tadbirni tashkil etishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan Sh.Qosimova, M.Vohidova, Sh.Turg‘unova, M.Ortiqova, I.Jabbarov, T. Qodirov, N.Sodiqova, D.Iskandarova, Sh.Ziyayeva, M.Ibrohimovalarning hissalari katta bo‘ldi.


Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube   | Facebook
5
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
⛔️⛔️⛔️

“Yangi O‘zbekiston ayollari: bilim, tashabbus va mas’uliyat uyg‘unligi”


mavzusidagi tok-shouda ayni damda 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, professor Dilrabo Keldiyorovna Baxronova “O‘zbekiston 24” telekanalida ishtirok etdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 15-may kuni Ingliz tili 1-fakulteti hamda Ingliz tili integrallashgan kursi №1 kafedrasi tomonidan “Ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, tanqidiy fikrlash va raqamli texnologiyalar integratsiyasi: amaliy loyihalar asosida innovatsion yechimlar” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiya davomida:
🔹 kommunikativ yondashuvning zamonaviy tendensiyalari,
🔹 tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodlari,
🔹 sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni,
🔹 interaktiv metodlar hamda innovatsion ta’lim yechimlari haqida qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiyada 10 dan ortiq talabalar mavzu yuzasidan o‘z nutqlari bilan ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar. Tadbir davomida savol-javoblar va ochiq muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilar faol fikr almashishdi.

Shuningdek, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan EdTech loyihalar, mobil ilovalar, AI chatbotlar va raqamli kontent loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Workshop, master-klass hamda networking sessiyalari konferensiyaga yanada yuqori kayfiyat va interaktiv ruh bag‘ishladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🎉2🔥1
🔻🔻🔻🔻🔻

Xalqaro ilmiy konferensiyada faol ishtirok!

Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida 14–15-may kunlari bo‘lib o‘tayotgan “I Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi: til masalalari” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada universitetimiz vakillari munosib ishtirok etdilar.

Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari Mannonova Feruzabonu hamda Niyadullayeva Sabrina, shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari — Muxtorova Laylo (2408-guruh) va Bozorboyeva Sabohat (2417-guruh) konferensiyada faol qatnashib, xalqaro ilmiy tajriba almashdilar.

Mazkur ishtirok xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, til va adabiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ishtirokchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏3🔥1
O‘zDJTUda adabiyot va ma’naviyatga bag‘ishlangan kecha

15-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida chinakam adabiyot bayrami, qalb tadbiriga aylangan ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbiri barchaning qalbidan chuqur joy oldi. Mazkur tadbir Ingliz tili 1- hamda 2-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari M. Alimardonova va Z. Ibragimova tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirning faxriy mehmoni sifatida taniqli shoira Bashorat Sulaymonova иштирок etib, o‘zining dilbar she’rlari va samimiy xotiralari bilan davraga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi.

Kecha davomida Halima Xudoyberdiyeva maktabining sobiq o‘quvchilari hamda universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida she’riy mushoyiralar tashkil etildi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan mualliflik she’rlari va shoira ijodiga bildirilgan yuksak ehtirom tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu ma’naviy uchrashuv nafaqat xotira tadbiri, balki haqiqiy iste’dodlar, she’riyat va ma’rifat bayramiga aylandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6