O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.7K photos
3.06K videos
323 files
9.92K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi tomonidan “Art Reading” fani doirasida navbatdagi tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning ingliz tilidagi amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir 3 ta shart asosida tashkil etilib, jamoalar o‘zaro bilim, tezkorlik, sahna madaniyati va ijodkorlik borasida bellashdilar.
Talabalar asarlardagi qahramonlarning xarakteri, ruhiy holati va voqealar rivojini mahorat bilan gavdalantirib, o‘zlarining aktyorlik qobiliyati, ijodiy yondashuvi hamda ingliz tilidagi nutq ko‘nikmalarini namoyon etdilar.


Har bir chiqish o‘ziga xos sahna bezagi, obrazlar talqini va jonli ijrosi bilan ajralib turdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube   | Facebook
4
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Tadbir davomida fan dasturiga kiritilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar asosida sahna chiqishlari namoyish etildi. Jumladan, Pygmalion, Doctor No, The Great Gatsby, shuningdek Emma, Pride and Prejudice hamda The Adventures of Tom Sawyer asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, badiiy asarlarning mazmunini sahna orqali yoritishdagi kreativ yondashuv tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar hamda talabalar kafedra munosib taqdirlandilar.

Mazkur tadbir barchaga unutilmas taassurot ulashib, talabalar uchun nafaqat bilim, balki ijod va ilhom maydoniga aylandi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube   | Facebook
4
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi tomonidan “Art Reading” fani doirasida navbatdagi tadbirdan lavhalar...

Tadbirni tashkil etishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan Sh.Qosimova, M.Vohidova, Sh.Turg‘unova, M.Ortiqova, I.Jabbarov, T. Qodirov, N.Sodiqova, D.Iskandarova, Sh.Ziyayeva, M.Ibrohimovalarning hissalari katta bo‘ldi.


Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube   | Facebook
5