Shekspir ijodiga bag‘ishlangan tadbir
2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida Ingliz filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti hamda Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Uilyam Shekspir: hayoti, ijodi va boqiy merosi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir “GLOBUS” talabalar teatr studiyasi tomonidan tashkil etilib, unda buyuk ingliz dramaturgi va shoiri Uilyam Shekspirning ijodi, jahon adabiyoti hamda teatr san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr yuritildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Shekspir asarlaridan sahna ko‘rinishlari, monologlar, she’riy chiqishlar va ijodiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ishtirokchilar dramaturg asarlaridagi insonparvarlik, muhabbat, sadoqat va ezgulik g‘oyalarini badiiy talqin orqali yoritib berdilar.
Mazkur adabiy-badiiy tadbir talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda teatr san’atiga mehrini kuchaytirishga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

❤12🤩1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi tomonidan “Art Reading” fani doirasida navbatdagi tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Har bir chiqish o‘ziga xos sahna bezagi, obrazlar talqini va jonli ijrosi bilan ajralib turdi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube | Facebook
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning ingliz tilidagi amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir 3 ta shart asosida tashkil etilib, jamoalar o‘zaro bilim, tezkorlik, sahna madaniyati va ijodkorlik borasida bellashdilar.
Talabalar asarlardagi qahramonlarning xarakteri, ruhiy holati va voqealar rivojini mahorat bilan gavdalantirib, o‘zlarining aktyorlik qobiliyati, ijodiy yondashuvi hamda ingliz tilidagi nutq ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Har bir chiqish o‘ziga xos sahna bezagi, obrazlar talqini va jonli ijrosi bilan ajralib turdi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube | Facebook
❤4
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Tadbir davomida fan dasturiga kiritilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar asosida sahna chiqishlari namoyish etildi. Jumladan, Pygmalion, Doctor No, The Great Gatsby, shuningdek Emma, Pride and Prejudice hamda The Adventures of Tom Sawyer asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir barchaga unutilmas taassurot ulashib, talabalar uchun nafaqat bilim, balki ijod va ilhom maydoniga aylandi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube | Facebook
Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, badiiy asarlarning mazmunini sahna orqali yoritishdagi kreativ yondashuv tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar hamda talabalar kafedra munosib taqdirlandilar.
Mazkur tadbir barchaga unutilmas taassurot ulashib, talabalar uchun nafaqat bilim, balki ijod va ilhom maydoniga aylandi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube | Facebook
❤4