O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Norboyev Zafar Abdumuminovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Filologik yo‘nalishdagi OTMlarda CEFR mezonlari orqali yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasi (arab tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ilmiy kengash majlisi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Himoya jarayonida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda ta’lim tizimidagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Majlisda pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdilar.
Dissertatsiya himoyasi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi muhim ilmiy ishlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan “Talaba ongini rivojlantirish va ijtimoiy-psixologik muhitda mafkuraviy barqarorlik” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
Kurs ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshliqlari va uslubchilari, psixolog mutaxassislar, talabalar hamda pedagog kadrlar bilan bevosita ishlovchi mas’ul xodimlar uchun mo‘ljallangan.
📚 O‘quv dasturi doirasida quyidagi mavzular qamrab olinadi:
• talaba-yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
• vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash;
• oliy ta’lim tizimining normativ-huquqiy asoslari;
• ijtimoiy-psixologik muhitda samarali yondashuvlar.
Kurs davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, amaliy tajribalar hamda interaktiv muhokamalar tashkil etiladi.
Barcha manfaatdor mutaxassislarni o‘quv kursida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🤩2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
✅ 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️ Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlar, oila muhitida yoshlar tarbiyasi hamda oilaviy munosabatlarning ahamiyati haqida fikr almashildi. Talabalar tomonidan mavzuga oid qiziqarli mulohazalar, hayotiy misollar va chiqishlar taqdim etildi.
Mazkur davra suhbati Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari N. Ilyasova, Z. Islamova hamda A. Ilxomjonova tomonidan tashkillashtirildi.
✨ Oila — jamiyat tayanchi, mehr va tarbiya maskanidir!

❤4
Forwarded from O'zDJTU__Tijoratlashtirish bo'limi
🚀 “AYOLLAR BIZNESIGA BIRINCHI QADAM” TANLOVIGA START BERILDI!
📌 Tanlovda universitetning barcha talaba-qizlari ishtirok etishlari mumkin.
📝 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar o‘z fakulteti dekanatlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
📄 Hujjatlar belgilangan tartib asosida qabul qilinadi.
🌟 O‘z g‘oyangizni biznesga aylantirish sari ilk qadamingizni bugundan boshlang!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlarning innovatsion g‘oyalari, startap tashabbuslari va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanloviga rasman start berildi.
💡 Sizda biznes g‘oya, startap loyiha yoki innovatsion tashabbus bormi?
Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!
Tanlov davomida ishtirokchilar:
🔹 o‘z biznes g‘oyalarini taqdim etish;
🔹 mentor va mutaxassislar tavsiyalarini olish;
🔹 istiqbolli loyihalarini rivojlantirish;
🔹 hamda g‘oliblik uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌 Tanlovda universitetning barcha talaba-qizlari ishtirok etishlari mumkin.
📝 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar o‘z fakulteti dekanatlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
📄 Hujjatlar belgilangan tartib asosida qabul qilinadi.
🌟 O‘z g‘oyangizni biznesga aylantirish sari ilk qadamingizni bugundan boshlang!
❤5
Shekspir ijodiga bag‘ishlangan tadbir
2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida Ingliz filologiyasi fakulteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti hamda Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Uilyam Shekspir: hayoti, ijodi va boqiy merosi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir “GLOBUS” talabalar teatr studiyasi tomonidan tashkil etilib, unda buyuk ingliz dramaturgi va shoiri Uilyam Shekspirning ijodi, jahon adabiyoti hamda teatr san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr yuritildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Shekspir asarlaridan sahna ko‘rinishlari, monologlar, she’riy chiqishlar va ijodiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ishtirokchilar dramaturg asarlaridagi insonparvarlik, muhabbat, sadoqat va ezgulik g‘oyalarini badiiy talqin orqali yoritib berdilar.
Mazkur adabiy-badiiy tadbir talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda teatr san’atiga mehrini kuchaytirishga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤12🤩1