#SiyosiyMarifatSoati
🟦 🟦 🟦
Siyosiy-ma’rifat soatining 19-soni O‘zDJTUda bo‘lib o‘tdi
2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi — 19-soni tashkil etildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy-ijtimoiy jarayonlar hamda qonunchilikdagi muhim yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Siyosiy-ma’rifat soati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida tashkil etildi.
Fakultet jamoalari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida o‘tgan siyosiy-ma’rifat soatida davlatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va ularning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
O‘zDJTU talabalari xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi
13–14-may kunlari Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar innovatsiyalari, startap loyihalari hamda ilmiy ishlanmalarga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining iqtidorli talabalari, yosh tadqiqotchilari hamda innovatsion g‘oya mualliflari faol ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar o‘zlarining startap loyihalari, ilmiy izlanishlari va innovatsion tashabbuslarini namoyish etib, boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan tajriba almashdilar.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirish hamda istiqbolli loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan muloqotlar tashkil etildi.
O‘zDJTU vakillarining xalqaro ko‘rgazmadagi faol ishtiroki universitetda ilm-fan, innovatsiya va startap ekotizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Norboyev Zafar Abdumuminovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Filologik yo‘nalishdagi OTMlarda CEFR mezonlari orqali yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasi (arab tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ilmiy kengash majlisi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Himoya jarayonida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda ta’lim tizimidagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Majlisda pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdilar.
Dissertatsiya himoyasi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi muhim ilmiy ishlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan “Talaba ongini rivojlantirish va ijtimoiy-psixologik muhitda mafkuraviy barqarorlik” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
Kurs ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshliqlari va uslubchilari, psixolog mutaxassislar, talabalar hamda pedagog kadrlar bilan bevosita ishlovchi mas’ul xodimlar uchun mo‘ljallangan.
📚 O‘quv dasturi doirasida quyidagi mavzular qamrab olinadi:
• talaba-yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
• vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash;
• oliy ta’lim tizimining normativ-huquqiy asoslari;
• ijtimoiy-psixologik muhitda samarali yondashuvlar.
Kurs davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, amaliy tajribalar hamda interaktiv muhokamalar tashkil etiladi.
Barcha manfaatdor mutaxassislarni o‘quv kursida faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🤩2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
✅ 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️ Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlar, oila muhitida yoshlar tarbiyasi hamda oilaviy munosabatlarning ahamiyati haqida fikr almashildi. Talabalar tomonidan mavzuga oid qiziqarli mulohazalar, hayotiy misollar va chiqishlar taqdim etildi.
Mazkur davra suhbati Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari N. Ilyasova, Z. Islamova hamda A. Ilxomjonova tomonidan tashkillashtirildi.
✨ Oila — jamiyat tayanchi, mehr va tarbiya maskanidir!

❤4