O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.7K photos
3.07K videos
323 files
9.92K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zDJTU vakillari “Karyera kuni – 2026” tadbirida faol ishtirok etdi

2026-yil 14-may kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hududida tashkil etilgan “Karyera kuni – 2026” axborot-tanishuv tadbirida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Karyera markazi vakillari faol иштирок etdilar.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ta’lim sifati hamda mehnat bozori integratsiyasini kuchaytirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

🤝 Tadbir davomida:

🔹 turli tashkilot va korxonalar vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi
🔹 bitiruvchilar uchun mavjud vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar olindi
🔹 amaliyot o‘tash va bandlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi
🔹 hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi

Shuningdek, O‘zDJTU bitiruvchilari ish bilan ta’minlanishi uchun nufuzli tashkilotlarga yo‘nalishlar berilib, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos zarur tavsiyalar hamda amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir universitet bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zDJTU Karyera markazi tomonidan talabalar va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
O‘zDJTUda “Chet tili ta’limini optimallashtirish masalalari” mavzusida master-klass tashkil etildi

2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasining Ural davlat pedagogika universiteti dotsenti Kazakova O.P. ishtirokida “Chet tili ta’limini optimallashtirish masalalari” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, sun’iy intellektdan chet tili o‘qitish metodikasida, tarjima amaliyotida va lingvistik tadqiqotlarda foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, akademik halollikni ta’minlash
🔹 sun’iy intellekt vositalarini ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish
🔹 avtomatik tarjimani tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
🔹 talabalarning lingvistik tayyorgarligida korpus tahlili elementlaridan foydalanish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati davomida zamonaviy texnologiyalar asosida chet tili ta’limi samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surildi.

Tadbir yakunida taklif etilgan mehmon Kazakova O.P. esdalik sovg‘alari hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1👏1
Forwarded from Dunyo mamlakatlari
#diqqat_tanlov

📚 “Dunyo mamlakatlari” kitobini o‘qib, super sovg‘alar egasiga aylaning! Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Barcha ishtirokchilariga QR kodli sertifikat beriladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-2-o‘rinlarga – 🇹🇷Turkiyaga sayohat;
🥈3-4-o‘rinlarga – 🇪🇬Misrga sayohat;
🥉5-6-o‘rinlarga – 🇻🇳Vetnamga sayohat;
🔸7-o‘ringa – 5 million so‘m pul;
🔸8-o‘ringa – 4 million so‘m pul;
🔸9-o‘ringa – 3 million so‘m pul;
🔸10-15-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🔹16-20-o‘rinlarga – 15 tadan kitoblar;
🔹21-50-o‘rinlarga – 10 tadan kitoblar;
🔹51-100-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar;
🎁150 kishiga qo‘shimcha sovg‘alar.

Eng faol targ‘ibotchilarga:

🥇1-3-o‘rinlarga – 1.5 million so‘mdan;
🥈4-6-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🥉7-9-o‘rinlarga – 500 ming so‘mdan;
🔹10-20-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar.

Kitob o‘qing, bilim oling – sovg‘a yutib, sayohat qiling!

Tanlovda ishtirok etish:
👉 https://t.me/kitobtargibot?start=49464045
6👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Yoshlar salomatligi va tibbiy savodxonlikka qaratilgan uchrashuv

15-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida yoshlar o‘rtasida OIV va OITS infeksiyasining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tibbiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv IPMBIB psixologi Sh. Boʻstonova, mutaxassis M. Abdurahmonova, universitet hamshirasi Z. Azimboyeva, universitet xotin-qizlar kengashi hamda tyutorlar L. Rahmatullayeva va Z. Nazarovalar hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda Uchtepa tumani 26-son oilaviy poliklinikasining infeksionist, oliy toifali shifokori M. Raximova hamda hamshira V. Hamidova ishtirok etib, yoshlarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, tibbiy madaniyatni oshirish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, tadbir davomida OIV va OITS infeksiyasining kelib chiqish sabablari, undan himoyalanish choralari hamda yoshlar salomatligini asrash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2😢1🎉1
#SiyosiyMarifatSoati

🟦🟦🟦

Siyosiy-ma’rifat soatining 19-soni O‘zDJTUda bo‘lib o‘tdi

2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi — 19-soni tashkil etildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy-ijtimoiy jarayonlar hamda qonunchilikdagi muhim yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Siyosiy-ma’rifat soati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida tashkil etildi.

Fakultet jamoalari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida o‘tgan siyosiy-ma’rifat soatida davlatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va ularning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5