O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.7K photos
3.07K videos
323 files
9.92K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili II fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni: izlanish va ijod masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va innovatsion ta’lim texnologiyalariga oid ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 Abdullayeva So‘g‘diyona — “Mashina tarjimasi va inson tarjimasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan 1-o‘rin;
🥈 Nuraddinova Oydin — “Globallashuv davrida o‘zbek tilining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan 2-o‘rin;
🥉 Sherimmatova Lobar — “Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasining til xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan 3-o‘rinni egalladi.

Mazkur anjuman yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
9🔥2🎉2
Forwarded from BUGUN | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14.05.2026

YANGI NASHR: "DUNYO MAMLAKATLARI"


Muxbir: ELBEK OLIMOV
3
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
📚 ILM-FAN VA KITOBXONLIKKA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV

2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilrabo Keldiyorovna Baxronova ishtirokida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir 1-TTJda bo‘lib o‘tdi.

🧠 Uchrashuv davomida ilmiy faoliyatning bugungi kundagi ahamiyati, yoshlarning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, xorijiy tillarni samarali o‘rganish usullari hamda tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning yoshlar tafakkuridagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Tadbirda 1-TTJ tarbiyachi-pedagogi Z.Karimova ham ishtirok etdi.

🤝 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, professor bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalarda ilm-fan va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
O‘zDJTU vakillari “Karyera kuni – 2026” tadbirida faol ishtirok etdi

2026-yil 14-may kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hududida tashkil etilgan “Karyera kuni – 2026” axborot-tanishuv tadbirida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Karyera markazi vakillari faol иштирок etdilar.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ta’lim sifati hamda mehnat bozori integratsiyasini kuchaytirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

🤝 Tadbir davomida:

🔹 turli tashkilot va korxonalar vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi
🔹 bitiruvchilar uchun mavjud vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar olindi
🔹 amaliyot o‘tash va bandlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi
🔹 hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi

Shuningdek, O‘zDJTU bitiruvchilari ish bilan ta’minlanishi uchun nufuzli tashkilotlarga yo‘nalishlar berilib, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos zarur tavsiyalar hamda amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir universitet bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zDJTU Karyera markazi tomonidan talabalar va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
O‘zDJTUda “Chet tili ta’limini optimallashtirish masalalari” mavzusida master-klass tashkil etildi

2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasining Ural davlat pedagogika universiteti dotsenti Kazakova O.P. ishtirokida “Chet tili ta’limini optimallashtirish masalalari” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, sun’iy intellektdan chet tili o‘qitish metodikasida, tarjima amaliyotida va lingvistik tadqiqotlarda foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, akademik halollikni ta’minlash
🔹 sun’iy intellekt vositalarini ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish
🔹 avtomatik tarjimani tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
🔹 talabalarning lingvistik tayyorgarligida korpus tahlili elementlaridan foydalanish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati davomida zamonaviy texnologiyalar asosida chet tili ta’limi samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surildi.

Tadbir yakunida taklif etilgan mehmon Kazakova O.P. esdalik sovg‘alari hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1👏1