O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.7K photos
3.07K videos
323 files
9.92K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayoni oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Majlis davomida Nazarov Vahobjon Shamshidinovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fransuz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Multimedia ta’lim vositalari asosida o‘quvchilarning fransuz tili bo‘yicha nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish (umumiy o‘rta ta’lim tizimi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoya qilindi.

Mazkur himoyada universitet rektori, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Dissertatsiya tadqiqotida multimedia ta’lim vositalari orqali o‘quvchilarning fransuz tilidagi nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati ilmiy asosda yoritib berildi.

Tadbir ilmiy munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar tomonidan tadqiqot mavzusining dolzarbligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
Xalqaro qo‘shma malaka oshirish kursining ilk kunlari boshlandi

Malayziyaga yetib borgan tinglovchilar dastlab INTI International University kampusi bilan yaqindan tanishdilar hamda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlik aloqalari, ta’lim jarayonlari, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi hamda tinglovchilar uchun yaratilgan akademik imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tinglovchilar universitetning o‘quv binolari, innovatsion laboratoriyalari, kutubxona va ta’lim markazlari faoliyati bilan tanishib, xalqaro ta’lim muhitining amaliy jihatlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.

📚 Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Malayziyaning INTI International University o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro qo‘shma malaka oshirish kurslari 2026-yil 13-may sanasidan boshlandi.

🌐 Dasturga muvofiq, tinglovchilar uchun maxsus modullar bo‘yicha mashg‘ulotlar ikki hafta davomida Malayziyadagi INTI International University bazasida tashkil etiladi. Kursning qolgan maxsus modullari esa O'zbekistonda, Tarmoq markazida davom ettiriladi. Mazkur qo‘shma dastur pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1
#Yoshlar_kuni

🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Muallim” kinofilmi ijodiy jamoasi bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlarga ishonch bildirish va ularni qo‘llab-quvvatlash — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tamoyilidir” mavzusida “Muallim” kinofilmi ijodiy jamoasi bilan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv universitetda har payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy kino san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik, ustozga hurmat va insoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatini universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida rektor bugungi kunda yoshlarga ishonch bildirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalar bilan qurollantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u kino san’ati yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi, ayniqsa ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va fidoyiligini aks ettiruvchi filmlar katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tadbir davomida “Muallim” kinofilmi rejissyori Samidxon Lutfullayev so‘zga chiqib, filmning yaratilish jarayoni, unda ilgari surilgan asosiy g‘oya va mazmun haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. U kinokartinada ustozning jamiyatdagi o‘rni, fidokorona mehnati, yoshlar tarbiyasidagi mas’uliyati hamda ilm-ma’rifatning inson hayotidagi ahamiyati yoritilganini ta’kidladi. Shuningdek, rejissyor ma’naviy tarbiya, ustozga hurmat va milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi filmlar yaratish dolzarb masala ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, kinofilm bosh rollari ijrochilari Bahtyor Egamberdiyev hamda Feruza Meliboyeva film suratga olish jarayonidagi taassurotlari, obraz ustida ishlash tajribalari va aktyorlik faoliyatidagi muhim jihatlar haqida talabalarga so‘zlab berdilar. Ular yoshlarni doimo izlanishda bo‘lishga, o‘z ustida ishlashga va orzular sari qat’iyat bilan intilishga chaqirdilar.
Tadbirning savol-javob qismi talaba-yoshlar uchun ayniqsa qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Talabalar aktyor va ijodkorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kino san’ati, aktyorlik mahorati, ijodiy faoliyat va filmning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy kino san’atiga qiziqishini oshirish hamda yoshlar va ijodkorlar o‘rtasida ochiq muloqot muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2