O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.6K photos
3.06K videos
323 files
9.91K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from UzSWLU sports club
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

Yengil atletika boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi" musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi yakuniga yetdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida yengil atletika boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada poytaxtimizning eng kuchli sportchilari gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi 9 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan holda Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Natijalar bilan tanishing:
Erkaklar oʻrtasida:
🥇 100 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 200 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 400 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 4x100 estafeta yugurish (1-oʻrin)

Ayollar oʻrtasida:
🥇 800 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 1 500 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 3 000 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 Yadro uloqtirish (1-oʻrin)
🥇 4x100 estafeta (1-oʻrin).

Eslatib oʻtamiz, Respublika final bosqichi joriy yilning 1-10 iyun kunlari Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥73👍2🎉1
📢 Malakaviy imtihonlar grafigi e’lon qilindi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil may oyida mutaxassislik va chet tillari bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon sanalari:
📌 19-may 2026-yil
— Mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihonlar
🕙 Soat 10:00 va 14:30 da

📌 20-may 2026-yil
— Ingliz tili
— Fransuz tili
— Nemis tili
🕙 Soat 10:00 da

📍 Imtihonlar universitetning asosiy binosida belgilangan auditoriyalarda tashkil etiladi.

⚠️ Eslatma:
Talabgorlardan imtihonga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelish so‘raladi.

❗️Chet tillari (ingliz, fransuz va nemis tillari) imtihonlarining test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

Batafsil ma’lumot imtihonlar grafigida keltirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Modern Georgian Literary Process” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi tomonidan ta’lim va xalqaro ilmiy-investitsion hamkorlik asosida “Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari (Modern Georgian Literary Process)” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Y. Yusupov hamda Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor G.I. Xalliyeva ishtirok etib, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, adabiyotshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh tadqiqotchilar uchun yangi ilmiy imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Seminarning asosiy mehmon spikeri — Gruziyaning taniqli adabiyotshunosi, Gruziya adabiyot instituti direktori, komparativistika assotsiatsiyasi rahbari hamda Tbilisi davlat universiteti professori Irma Ratiani bo‘ldi.

Professor Irma Ratiani o‘z ma’ruzasida zamonaviy gruzin adabiyotining bugungi taraqqiyot bosqichlari, yangi adabiy yo‘nalishlar, badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlar hamda jahon adabiy jarayonidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari, tarjimashunoslikning rivojlanish tendensiyalari va xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan muhim ilmiy qarashlar bayon qilindi.

💬 Seminar davomida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan adabiyotshunoslik, madaniyatlararo muloqot, tarjima jarayonlari hamda xalqaro ilmiy loyihalarni rivojlantirish yuzasidan savollar berilib, mazmunli ilmiy munozaralar olib borildi.

Ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy platformalarga jalb etish, akademik dasturlarini kengaytirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida bunday xalqaro seminarlar ilm-fan taraqqiyoti, madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash hamda yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Seminar yuqori saviyada, samimiy va ilmiy ruhda tashkil etilib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Forwarded from Edu.uz
#qabul2026

🇺🇿🇫🇷 O‘zbek–Fransuz universitetiga qabul boshlanadi!


🚪Zamonaviy bilim, xalqaro standartlar va Fransiya ta’lim tajribasini o‘zida birlashtirgan nufuzli universitetda tahsil olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🗒O‘zbek–Fransuz universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonini e’lon qiladi.

➡️Universitetda o‘quv jarayonlari Fransiyaning yetakchi oliygohlari dasturlari asosida tashkil etiladi. Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab Fransiyaning nufuzli Poitiers universiteti bilan hamkorlikda quyidagi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul ochiq deb e’lon qilinadi:

🎓 “Fransuz tilini chet tili va ikkinchi chet til sifatida o‘qitish didaktikasi”.

➡️Dasturning asosiy afzalliklari:

👥 Jami 25 nafar magistrant qabul qilinadi.

📨O‘quv mashg‘ulotlarining 75 foizi bevosita fransiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan oflayn tarzda, fransuz tilida olib boriladi.

📝Bitiruvchilarga Poitiers universitetining xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan hamda O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan diplomi beriladi.

📅 Hujjatlar qabuli:
2026-yil
15-iyun — 30-avgust.

O‘qishga qabul qilish shartlari va talab etiladigan hujjatlar BU YERDA👆

➡️Bakalavriat bitiruvchilari uchun ham yangilik!

✔️Universitetda Energetika sohasi mutaxassisligi uchun tayyorlov kursi ham tashkil etiladi.

📞 +998 99 044 52 51
🌐 ufuuz.uz
E-mailcontact.ufu@gmail.com

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbek–Fransuz universiteti Prezidentning 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qarori bilan tashkil etilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Yoshlar_kuni

🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, ta’lim sifati, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy dunyoqarashi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etib, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni doimiy izlanish, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsion fikrlash va kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida faol va iqtidorli talabalarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun nafaqat rahbariyat bilan ochiq muloqot qilish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuslarini ilgari surish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1