O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.6K photos
3.06K videos
323 files
9.91K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Freshmen Battle” musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqani universitet rektori I. Tuxtasinov ochib berib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Tadbir davomida talabalarning ingliz tilidagi bilimlari, ijodiy yondashuvi, sahna madaniyati hamda jamoaviy ishlash koʻnikmalari namoyon boʻldi.

“Freshmen Battle” musobaqasi doirasida har bir guruh tasodifiy tanlangan mamlakatning milliy urf-odatlari, madaniyati, an’analari va turmush tarzini ingliz tilida taqdim etishdi. Ishtirokchilar oʻz chiqishlarida sahna koʻrinishlari, milliy obrazlar, badiiy chiqishlar va qiziqarli taqdimotlar orqali tomoshabinlar e’tiborini qozonishga harakat qilishdi.

Maʼlumot uchun, musobaqaning yarim final bosqichi avvalroq oʻtkazilgan boʻlib, bugungi finalda 8 ga yaqin jamoa oʻzaro bellashdi.

Final quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:

1-shart introduction — jamoalarning 5 daqiqalik tanishtiruv chiqishlari;

2-shart zakovat sharti — ishtirokchilarning ingliz tili, madaniyat va umumiy bilimlar boʻyicha savollarga javob berish bosqichi;

3-shart sahna koʻrinishi — tanlangan mamlakat madaniyati va an’analariga bagʻishlangan ijodiy chiqishlar.

Yakuniy natijalarga koʻra:

🏆 Oliy oʻrin — FING-2519 guruhi (Oʻzbekiston)
🥇 1-oʻrin — FING-2507 guruhi (Ispaniya)
🥈 2-oʻrin — FING-2525 guruhi (Angliya)
🥉 3-oʻrin — FING-2515 guruhi (Hindiston)


Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi:

“Eng quvnoq qiz” nominatsiyasi — Ne’matjonova Shahnoza

“Eng quvnoq yigit” nominatsiyasi — Abdumalikov Muhammadqodir

Musobaqa talabalarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda turli xalqlarning madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🔥2🎉1🤩1
#sport

1-TTJDA ERTALABKI BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-TTJda yo‘lga qo‘yilgan har kunlik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bugun ham yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Bugungi badantarbiya mashg‘ulotida talaba yigitlar faol ishtirok etib, turli jismoniy mashqlarni bajardilar. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularni sportga keng jalb etishdan iboratdir.

Bunday mashg‘ulotlar talabalar salomatligini mustahkamlash, ularning kunni tetik va ko‘tarinki ruhda boshlashlariga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍3🔥21
Forwarded from UzSWLU sports club
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

Yengil atletika boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi" musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi yakuniga yetdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida yengil atletika boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada poytaxtimizning eng kuchli sportchilari gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi 9 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan holda Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Natijalar bilan tanishing:
Erkaklar oʻrtasida:
🥇 100 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 200 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 400 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 4x100 estafeta yugurish (1-oʻrin)

Ayollar oʻrtasida:
🥇 800 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 1 500 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 3 000 metrga yugurish (1-oʻrin)
🥇 Yadro uloqtirish (1-oʻrin)
🥇 4x100 estafeta (1-oʻrin).

Eslatib oʻtamiz, Respublika final bosqichi joriy yilning 1-10 iyun kunlari Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥73👍2🎉1