O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.6K photos
3.06K videos
323 files
9.91K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rechktorati, 6-qavatida Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nasimi nomidagi Tilshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i Askerov Mayil Binett o‘g‘li ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i H. Yuldashev, magistratura bo‘limi boshlig‘i N. Djusupov hamda 1-ingliz tili fakulteti kafedra mudiri A. Yuldashev ishtirok etdi.

Tadbir davomida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kengaytirish, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish, doktorantlar uchun seminarlar tashkil etish hamda ilmiy maqola yozish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qo‘shma ilmiy rahbarlik tizimini yo‘lga qo‘yish, Ozarbayjondan PhD va DSc dasturlariga doktorantlarni jalb etish, ilmiy stajirovkalarni tashkil qilish hamda hamkorlikdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🇺🇿✈️🇲🇾 Tinglovchilar Malayziyaga yetib bordilar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi INTI International University o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida xorijiy safarga yo‘l olgan tinglovchilar Malayziyaga eson-omon yetib bordilar.

📍Tinglovchilar Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida INTI International University vakillari tomonidan samimiy kutib olindi. Shuningdek, dastur doirasida barcha tashkiliy masalalar, jumladan aeroportdan universitet hududiga transfer, yashash joylariga joylashtirish hamda tinglovchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari ta’minlandi.

🌐 Ushbu xalqaro qo’shma malaka oshirish kursi nafaqat pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, balki xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, INTI International University tomonidan tinglovchilar uchun yaratilgan qulay va zamonaviy akademik muhit mazkur hamkorlikning amaliy samaradorligini yanada oshirmoqda.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Freshmen Battle” musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqani universitet rektori I. Tuxtasinov ochib berib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Tadbir davomida talabalarning ingliz tilidagi bilimlari, ijodiy yondashuvi, sahna madaniyati hamda jamoaviy ishlash koʻnikmalari namoyon boʻldi.

“Freshmen Battle” musobaqasi doirasida har bir guruh tasodifiy tanlangan mamlakatning milliy urf-odatlari, madaniyati, an’analari va turmush tarzini ingliz tilida taqdim etishdi. Ishtirokchilar oʻz chiqishlarida sahna koʻrinishlari, milliy obrazlar, badiiy chiqishlar va qiziqarli taqdimotlar orqali tomoshabinlar e’tiborini qozonishga harakat qilishdi.

Maʼlumot uchun, musobaqaning yarim final bosqichi avvalroq oʻtkazilgan boʻlib, bugungi finalda 8 ga yaqin jamoa oʻzaro bellashdi.

Final quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:

1-shart introduction — jamoalarning 5 daqiqalik tanishtiruv chiqishlari;

2-shart zakovat sharti — ishtirokchilarning ingliz tili, madaniyat va umumiy bilimlar boʻyicha savollarga javob berish bosqichi;

3-shart sahna koʻrinishi — tanlangan mamlakat madaniyati va an’analariga bagʻishlangan ijodiy chiqishlar.

Yakuniy natijalarga koʻra:

🏆 Oliy oʻrin — FING-2519 guruhi (Oʻzbekiston)
🥇 1-oʻrin — FING-2507 guruhi (Ispaniya)
🥈 2-oʻrin — FING-2525 guruhi (Angliya)
🥉 3-oʻrin — FING-2515 guruhi (Hindiston)


Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi:

“Eng quvnoq qiz” nominatsiyasi — Ne’matjonova Shahnoza

“Eng quvnoq yigit” nominatsiyasi — Abdumalikov Muhammadqodir

Musobaqa talabalarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda turli xalqlarning madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🔥2🎉1🤩1
#sport

1-TTJDA ERTALABKI BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-TTJda yo‘lga qo‘yilgan har kunlik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bugun ham yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Bugungi badantarbiya mashg‘ulotida talaba yigitlar faol ishtirok etib, turli jismoniy mashqlarni bajardilar. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularni sportga keng jalb etishdan iboratdir.

Bunday mashg‘ulotlar talabalar salomatligini mustahkamlash, ularning kunni tetik va ko‘tarinki ruhda boshlashlariga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍3🔥21