Haftaning har chorshanba kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Sport kuni” doirasida professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Bugungi sport kunida universitetning erkak xodimlari o‘rtasida futbol, ayol xodimalar o‘rtasida esa voleybol bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi. O‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy faolligi, chaqqonligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Musobaqalar jarayonida sog‘lom raqobat, ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhit ustuvor bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi. Bu esa universitet jamoasi o‘rtasida birdamlik va hamkorlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki xodimlar o‘rtasida jamoaviylik, faollik va ijobiy muhitni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
STARTAPLAR KUNI
2026-yil 13-may kuni Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva hamda bo‘lim xodimlari tomonidan Tarjimonlik fakulteti talabalari ishtirokida “Startaplar va innovatsiyalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning innovatsion fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlash, tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli g‘oyalarni amaliy startap loyihalariga aylantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur seminar-trening talabalarning kelgusidagi ilmiy-innovatsion faoliyatiga kuchli turtki berib, ularning tashabbuskorligi, kreativ fikrlashi va amaliy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida talabalar Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, universitetda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, amaliy loyihalarni shakllantirish hamda yoshlar tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2👏1
13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminar “Ilmiy tadqiqotlarda korpus ma’lumotlaridan foydalanish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadqiqotchilarni korpus ma’lumotlar bazasi bilan tanishtirish hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur seminar G.G. Radjabova tomonidan olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ilmiy izlanishlarda korpus ma’lumotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Seminar “Ilmiy tadqiqotlarda korpus ma’lumotlaridan foydalanish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadqiqotchilarni korpus ma’lumotlar bazasi bilan tanishtirish hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur seminar G.G. Radjabova tomonidan olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ilmiy izlanishlarda korpus ma’lumotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1🎉1
Tabiat qo‘ynida ochiq muloqot darsi tashkil etildi
“Ingliz tili amaliy fanlar №1” kafedrasi o‘qituvchilari Yuldasheva Dilshoda Musayevna hamda Shamuratova Dilnoza Jamalovnalar tomonidan 2511–2512-guruh talabalari ishtirokida “Psychology and Meditation” mavzusida ochiq muloqot darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarning ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish, shuningdek, psixologik salomatlik va meditatsiyaning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Dars jarayonida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini faol ravishda bildirdilar, turli interaktiv topshiriqlarda ishtirok etib, ingliz tilidagi nutqiy mahoratlarini namoyon etdilar.
Tabiat bag‘rida tashkil etilgan ushbu dars talabalar uchun foydali bilimlar, iliq taassurotlar va samarali til amaliyotiga boy bo‘ldi.

❤4👍3🤩2