O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.6K photos
3.06K videos
323 files
9.91K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi 149-son qarori asosida joriy etilgan “Ijtimoiy faollik indeksi” tizimi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning kitobxonlik madaniyatini baholashga qaratilgan test sinovlari bugun ham tashkil etildi.

Sinovlar fakultetlar kesimida tasdiqlangan grafik asosida o‘tkazilib, unda Tarjimonlik, Rus filologiyasi, Xalqaro jurnalistika hamda Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.

Jarayon davomida talabalar tomonidan mutolaa qilingan badiiy asarlar yuzasidan savollar berilib, ularning o‘qigan asarni tahlil qilish, xulosa chiqarish va fikrni mustaqil ifodalash ko‘nikmalari baholanmoqda.

Mazkur test sinovlari yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, “Ijtimoiy faollik indeksi” tizimi orqali grantlarni adolatli va shaffof taqsimlash maqsad qilingan.

Test sinovlari 14-mayga qadar davom etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Yaponiya bilan hamkorlikda talabalarni ish bilan ta’minlash markazi ochiladi

2026-yil 13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning JBSD (Japan Business Skills Development) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni Yaponiyada mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda JBSD kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali rahbari Tomihiko Sato, kompaniya direktori maslahatchisi Maksim Gongchanov va kompaniya mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Universitet tomonidan esa rektor, professor Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Xamidova hamda kafedra dotsenti M. Ibragimova qatnashdilar.

Tadbir davomida mehmonlarga universitet faoliyati, so‘nggi yillarda ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tomihiko Sato O‘zDJTU faoliyatini yuqori baholab, yapon tilini o‘qitish va talabalarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash borasidagi ishlarni e’tirof etdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU huzurida JBSD kompaniyasi bilan hamkorlikda “Kasbiy ta’lim markazi” tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur markaz orqali talabalar va bitiruvchilarni Yaponiyadagi munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, yapon biznes madaniyati, kasbiy kommunikatsiya va ish muhiti bo‘yicha tayyorlov kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, talabalarni Yaponiyadagi kompaniyalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, individual konsultatsiyalar o‘tkazish, ish beruvchilar bilan suhbatlarni tashkil qilish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida Tokio va Yaponiyaning boshqa hududlaridagi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlarida maxsus kurslar tashkil etish hamda universitet–talaba–kompaniya o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik modelini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolash, ishchi guruh shakllantirish va amalga oshiriladigan loyihalarni tizimlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ta’kidlanganidek, ushbu hamkorlik O‘zDJTU talabalari va bitiruvchilarining xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, ularning kasbiy malakasini mustahkamlash hamda Yaponiyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1
🟦🟦🟦⚽️🏐

Haftaning har chorshanba kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Sport kuni” doirasida professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi sport kunida universitetning erkak xodimlari o‘rtasida futbol, ayol xodimalar o‘rtasida esa voleybol bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi. O‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy faolligi, chaqqonligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Musobaqalar jarayonida sog‘lom raqobat, ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhit ustuvor bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi. Bu esa universitet jamoasi o‘rtasida birdamlik va hamkorlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki xodimlar o‘rtasida jamoaviylik, faollik va ijobiy muhitni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2