O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.6K photos
3.06K videos
323 files
9.91K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
🇺🇿 Oʻzbekiston nomidan faxrli
vakillar sifatida xalqaro maydonda!


Dadamirzayeva Mohidil Gʻulomjon qizi, PhD, dotsent va Baxranova Nasiba, mustaqil tadqiqotchi — Ingliz filologiyasi amaliy aspektlari kafedrasi professor-oʻqituvchilari sifatida Hindistonning Tata Institute of Social Sciencesda boʻlib oʻtayotgan “Global Colloquium 2026’’ Xalqaro ilmiy grant dasturida Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan faxrli vakillar sifatida ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda qatnashish imkoniyati Indian Technical and Economic Cooperation Programme (ITEC) Granti asosida amalga oshirildi. Dastur turli davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, pedagoglar va mutaxassislarni bir maydonga jamlab, xalqaro ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


Xalqaro maydonda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etish katta sharaf va yuksak masʼuliyatdir.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube   | Facebook
5🔥4👍3🤩1
Talabalar uchun “Shahidlar xotirasi” muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi

12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-Ingliz tili fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o‘qituvchisi N. Muminova tomonidan 1-kurs FTURK 2522 va FTURK 2523 guruh talabalari bilan birgalikda “Shahidlar xotirasi” muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Mazkur ekskursiya talaba-yoshlarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik haqidagi bilimlarini boyitish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar muzeydagi tarixiy eksponatlar, hujjatlar va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yurtimiz ozodligi va xalqimiz tinchligi yo‘lida fidokorona kurash olib borgan ajdodlarimizning hayoti hamda jasorati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3👍2👏1
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi 149-son qarori asosida joriy etilgan “Ijtimoiy faollik indeksi” tizimi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning kitobxonlik madaniyatini baholashga qaratilgan test sinovlari bugun ham tashkil etildi.

Sinovlar fakultetlar kesimida tasdiqlangan grafik asosida o‘tkazilib, unda Tarjimonlik, Rus filologiyasi, Xalqaro jurnalistika hamda Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.

Jarayon davomida talabalar tomonidan mutolaa qilingan badiiy asarlar yuzasidan savollar berilib, ularning o‘qigan asarni tahlil qilish, xulosa chiqarish va fikrni mustaqil ifodalash ko‘nikmalari baholanmoqda.

Mazkur test sinovlari yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, “Ijtimoiy faollik indeksi” tizimi orqali grantlarni adolatli va shaffof taqsimlash maqsad qilingan.

Test sinovlari 14-mayga qadar davom etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Yaponiya bilan hamkorlikda talabalarni ish bilan ta’minlash markazi ochiladi

2026-yil 13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning JBSD (Japan Business Skills Development) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni Yaponiyada mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda JBSD kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali rahbari Tomihiko Sato, kompaniya direktori maslahatchisi Maksim Gongchanov va kompaniya mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Universitet tomonidan esa rektor, professor Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev, Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Xamidova hamda kafedra dotsenti M. Ibragimova qatnashdilar.

Tadbir davomida mehmonlarga universitet faoliyati, so‘nggi yillarda ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tomihiko Sato O‘zDJTU faoliyatini yuqori baholab, yapon tilini o‘qitish va talabalarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash borasidagi ishlarni e’tirof etdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU huzurida JBSD kompaniyasi bilan hamkorlikda “Kasbiy ta’lim markazi” tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur markaz orqali talabalar va bitiruvchilarni Yaponiyadagi munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, yapon biznes madaniyati, kasbiy kommunikatsiya va ish muhiti bo‘yicha tayyorlov kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, talabalarni Yaponiyadagi kompaniyalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, individual konsultatsiyalar o‘tkazish, ish beruvchilar bilan suhbatlarni tashkil qilish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida Tokio va Yaponiyaning boshqa hududlaridagi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlarida maxsus kurslar tashkil etish hamda universitet–talaba–kompaniya o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik modelini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolash, ishchi guruh shakllantirish va amalga oshiriladigan loyihalarni tizimlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ta’kidlanganidek, ushbu hamkorlik O‘zDJTU talabalari va bitiruvchilarining xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, ularning kasbiy malakasini mustahkamlash hamda Yaponiyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1