O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.5K photos
3.05K videos
323 files
9.89K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zDJTUda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi sho‘ba yig‘ilishlari davom etdi

12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi avlod talabalariga sharq tillarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion tendensiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Sho‘ba yig‘ilishlarida sharq tillari lingvistikasi, lingvomadaniyati, tarjimashunoslik, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda raqamli ta’lim metodlariga oid dolzarb mavzular muhokama qilindi.

I-sho‘ba “Sharq tillari lingvistikasi, lingvomadaniyati va tarjimashunosligining dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda rus va xitoy lingvomadaniyatida nutqiy ta’sir va ishontirish strategiyalari, xitoy tilida rasmiy va norasmiy uslublarning farqlari, antroponimlarning yasalish xususiyatlari, sharq adabiyotidagi ruhiy iztirob estetikasi, gender stereotiplari hamda rang leksikasining lingvomadaniy tahliliga oid ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, sho‘ba yig‘ilishida xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayonida uchraydigan xato va kamchiliklar, yapon tili ijtimoiy-nutqiy normalari, Lu Sun ijodining badiiy tahlili hamda xitoy va o‘zbek tillarida fonovariativlikni sun’iy intellekt va raqamli platformalar asosida takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

II-sho‘ba “Sharq tillarini o‘qitishda innovatsion metodlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” mavzusida tashkil etilib, unda sharq tillarini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, raqamli ta’lim platformalari imkoniyatlari, zamonaviy o‘qitish metodlari hamda innovatsion pedagogik yondashuvlar muhokama markazida bo‘ldi.
Mazkur sho‘bada Doubao platformasi asosida xitoy tilini o‘qitish, yapon tilini sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘rgatish, HSK5 darajasini qisqa muddatda o‘qitishning kognitiv-psixologik tahlili, talabalarning bilimini raqamli metodlar asosida baholash, xitoy tilida iboralarni samarali o‘qitish usullari hamda sharq madaniyati va tilini o‘rganishda an’ana va yangilik uyg‘unligi kabi mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.

Konferensiya davomida mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh izlanuvchilar o‘rtasida ilmiy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, sharq tillarini o‘qitishda zamonaviy metodlarning samaradorligi va innovatsion texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni yuzasidan keng muhokamalar olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2🎉1
📢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi.

Tanlovlarda bakalavriat va magistratura bosqichida yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar qatnashishlari mumkin.

📌 Nomzodlar uchun asosiy talablar:
🔹 barcha fanlardan yuqori o‘zlashtirish;
🔹 ilmiy-ijodiy ishlarda faol ishtirok;
🔹 konferensiya va tanlovlarda qatnashganlik;
🔹 xorijiy til va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
🔹 Prezident stipendiyasi uchun — kamida 2 ta chop etilgan ilmiy ish (maqola, tezis va boshqalar) mavjud bo‘lishi.

📂 Taqdim etiladigan hujjatlar:
📎 transkript nusxasi;
📎 dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
📎 ilmiy rahbar fikri;
📎 ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari;
📎 til va tarix fanlari bo‘yicha suhbat natijalari ma’lumotnomasi.

🗓 Tanlovning OTM bosqichi may–iyul oylarida o‘tkaziladi.
💻 Tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari “my.edu.uz” platformasiga 1–15-avgust kunlari joylashtiriladi.

🌟 Iqtidorli va faol talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📍Batafsil ma’lumot uchun fakultet dekanati yoki mas’ul bo‘limga murojaat qiling.

Mas'ul bo'lim xodimi: @boboev_murodjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Dilafruz Sarimsakova hamda kafedra o‘qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Fotima Matmusayeva Xalqaro Vestminster universitetida o‘tkazilgan ICEL – International Conference on Education and Linguistics xalqaro ilmiy konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro konferensiya tilshunoslik va ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda til o‘qitish metodikalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida Dilafruz Sarimsakova “Home-assigned Reading? How to Motivate Students to Read More?” mavzusida, Fotima Matmusayeva esa “Integrating Short Stories in Uzbek Classrooms: A Study of Their Pedagogical Value” mavzusida ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Youtube | Facebook
🔥31
12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasining “Atrium 1” zalida “Inson uchun – 2026” festivali doirasida “Job Fair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatiga muvofiq o‘tkazilib, unda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yarmarkada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham faol ishtirok etdi. Xususan, Ingliz tili 3-fakulteti talabalari volontyor sifatida tadbir jarayonlarida faol qatnashib, tashkiliy ishlarga ko‘maklashdilar hamda ishtirokchilarga amaliy yordam berdilar.

Talabalarimizning bunday ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlardagi faol ishtiroki ularning fuqarolik mas’uliyati, tashabbuskorligi va jamoatchilik ishlaridagi faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
12-may kuni “Tarjimonlik” fakulteti “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasida navbatdagi “Mening oilam” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy soat tashkil etildi.

Tadbir davomida oilaning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi ahamiyati, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati hamda oilaviy muhitning inson kamolotiga ta’siri haqida atroflicha fikr almashildi.

Ma’naviy-ma’rifiy soat davomida ishtirokchilar oila — mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat va tarbiyaning muqaddas maskani ekanligini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, sog‘lom oilaviy muhit yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashning muhim omili ekani qayd etildi.

Tadbir samimiy suhbatlar, fikr-mulohazalar va qiziqarli chiqishlarga boy tarzda o‘tdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar talaba-yoshlarning oilaviy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2