O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.3K photos
3.04K videos
323 files
9.87K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi

12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Artikova Maxfuza Ravshanovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Ispan gazeta tili janr xususiyatlarining lingvopragmatik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayoni an’anaviy hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etilib, unda ilmiy jamoatchilik, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Mazkur dissertatsiyada ispan gazeta tilining janr xususiyatlari lingvopragmatik jihatdan tahlil qilinib, ommaviy axborot vositalari tilining kommunikativ va uslubiy imkoniyatlari yuzasidan muhim ilmiy xulosalar ilgari surildi.
Tadqiqot natijalari ilmiy kengash a’zolari tomonidan yuqori baholanib, dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra, Artikova Maxfuza Ravshanovnaga filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4👏3🤩3😢2
🟦🟦

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Qodirjonova Iqbola Bahodir qizining 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Amerika va o‘zbek bolalar adabiyotida “yetim bola” obrazi: davr va ruhiyat (Kristofer Pol Kertis va Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya majlisi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Dissertatsiya ishida Amerika va o‘zbek bolalar adabiyotidagi “yetim bola” obrazining badiiy talqini, davr va ruhiyat bilan bog‘liq jihatlari qiyosiy tahlil asosida yoritildi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👏5🎉2
🔷🔷🔷🔷

Tarjimon-volontyorlar uchun seminar tashkil etildi

12-may kuni joriy yilning 18–19-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusidagi xalqaro forumga jalb etilgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tarjimon-volontyorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov kirish so‘zi bilan ochib berib, forumning xalqaro miqyosdagi nufuzini alohida ta’kidladi hamda xorijiy mehmonlarga sifatli tarjima xizmatlarini ko‘rsatish, mas’uliyat va professionallik bilan yondashish zarurligini qayd etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Xorijdagi migrantlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘limi mas’ul xodimi Alisher Qodirov agentlik faoliyati haqida ma’lumot berib, mazkur forum hukumat darajasida tashkil etilayotganini hamda tarjimon-volontyorlardan yuqori mas’uliyat talab etilishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev ish jarayonidagi punktuallik, muloqot madaniyati, tarjimonlik etikasi hamda xorijiy ishtirokchilar bilan muloqotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy masalalarga jiddiy e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Tadbir yakunida tarjimon-volontyorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉2