O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.4K photos
3.04K videos
323 files
9.87K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
27-apreldan 2-mayga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti Raximova Gulchexra Obidjonovna Janubiy Koreyaning Seul shahrida UNESCO APCEIU tomonidan tashkil etilgan “The 25th Asia-Pacific Training Workshop (APTW) on EIU/GCED” nomli xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.


Mazkur seminar joriy yilda Global fuqarolik ta’limi yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lgan pedagoglar uchun ilg‘or darajadagi dastur sifatida tashkil etildi.

Trening davomida Global fuqarolik ta’limining dolzarb mavzulari va zamonaviy pedagogik yondashuvlari, jumladan, Sun’iy intellekt (AI) bilan tanqidiy yondashuv asosida ishlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy tarmoqlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
Forwarded from Edu.uz
#sukut_saqlama

Zo‘ravonlikka duch keldingizmi yoki huquqlaringiz buzildimi? Sukut saqlamang!


Mamlakatimizda inson qadri ustuvor! Har bir fuqaroning huquq va manfaatlari, erkinligi kafolatli himoya qilinadi. Bu tamoyil oliy ta’lim tizimida ham ustuvor hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida talabalar yoki o‘qituvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik, tazyiq yoki adolatsizlik holatlarida to‘g‘ri yo‘l tutish muhim.

Eslatib o‘tamiz, bunday vaziyatlarda quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

📞 102 | 1259 – Ichki ishlar vazirligi;
📞 1146 – Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

🌐 Telegram: @ihma107bot

Shuningdek, O‘zbekistonda gender zo‘ravonlikka qarshi nodavlat media loyihasiga ham murojaat qilishingiz mumkin:

👩🏻‍💼 Psixolog: @nemolchibot, ⚖️ Yurist: @nemolchilaw_bot.

Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi. Sizga zarur yordam ko‘rsatiladi:

holatingiz o‘rganiladi;
zarurat bo‘lsa, himoya choralari ko‘riladi;
huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam taqdim etiladi;
xavfsiz muhitga joylashtirish imkoniyati yaratiladi.

❗️Unutmang, sizning huquqlaringiz himoyada. Har qanday muammoga yechim bor.

Sukut saqlamang – murojaat qiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1😢1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti 😊ingliz tili ikkinchi fakulteti kengashi tomonidan 2026-yilning 8-may kuni " Dekan kubogi " 😍zakovat musobaqasi taqdirlash marosimi tashkil qilindi. Tadbirda ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich ishtirok etdi.

Tadbirda g‘olib va sovrindor jamoalarga hamda musobaqa davomida faol ishtirok etgan jamoalarga ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich tomonidan sertifikatlar topshirildi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilarning intellektual salohiyati e’tirof etilib, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham omad tilandi.

Dekan kubogi yakuniy tur natijalariga koʻra ushbu jamoalar yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan edi:
1) Turon 175
2) Sharqiy Qirollik 157
3) Antigrob 152

Jamoalarga keyingi musobaqalarda ham omad tilab qolamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📱Telegram |📱 Instagram |
📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2