O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.3K photos
3.04K videos
323 files
9.86K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Malta oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro akademik hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Ayni kunlarda Malta Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Ra’no Urishevna Madjidova L-Università ta' Maltada bir qator ilmiy va akademik uchrashuvlarda ishtirok etdi hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Tashrifning ikkinchi kuni doirasida professor R.U. Madjidova tomonidan “O‘zbek tili va madaniyati” mavzusida maxsus ma’ruza tashkil etildi. Unda o‘zbek xalqining boy milliy qadriyatlari, tilning lingvomadaniy xususiyatlari, milliy tafakkur va madaniyatning til orqali ifodalanish shakllari, shuningdek, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining dolzarb ilmiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Ma’ruza tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, tadbir davomida o‘zbek tili, milliy an’analar, folklor, madaniy meros va zamonaviy lingvistik tadqiqotlarga oid ko‘plab savollar o‘rtaga tashlandi. Ular yuzasidan o‘zaro ilmiy fikr almashilib, samarali akademik muloqot muhitini shakllantirdi.

Shuningdek, tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar ishtirokida tajriba almashish uchrashuvlari ham tashkil etildi. Muloqotlar davomida Malta va o‘zbek tillari o‘rtasidagi ayrim leksik-semantik hamda tarixiy-lingvistik o‘xshashliklar muhokama qilinib, istiqbolda o‘zaro leksik-semantik lug‘at yaratish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, professor R.U. Madjidova tomonidan talabalar hamda yosh tadqiqotchilar uchun maxsus master-klass o‘tkazildi. Unda lingvokulturologik tahlil usullari, maqol va paremiologik birliklarni tadqiq etish metodlari, zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda amaliy tahlil mexanizmlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Interaktiv savol-javoblar asosida tashkil etilgan master-klass ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otib, ilmiy hamkorlik va akademik almashinuvni yanada rivojlantirish uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1
Forwarded from UzWAVE
🇺🇿🇮🇩 O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi yangi bosqichda!

Ayni kunlarda UzSWLU talabalari Indoneziya Respublikasida malakaviy amaliyot o‘tamoqda. Ushbu postda taqdim etilayotgan foto va video lavhalar amaliyot jarayoni hamda turli rasmiy tadbirlardan olingan.

🚀Gebyar Bulan Pendidikan” doirasida Universitas Negeri Surabaya (UNESA)da yuqori saviyada, tantanali va mazmunli tadbir tashkil etildi. Unda malakaviy amaliyot o‘tayotgan UzSWLU talabalari alohida e’tibor va samimiyat bilan kutib olindi.

🏆 Eng quvonarlisi, tashrif buyurgan barcha UzSWLU talabalarga 100% to‘liq qoplanadigan grant tantanali ravishda topshirildi. Bu ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik va o‘zaro ishonchning yorqin ifodasidir.

Shuningdek, Surabaya shahrida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari, zamonaviy metodlar hamda tajriba almashinuvi yuzasidan rasmiy uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Talabalar va pedagoglar yangi imkoniyatlar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

🎭 Dastur davomida Indoneziya milliy raqslari, konsert chiqishlari hamda kampus bo‘ylab rasmiy tashrif tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

📌 Ushbu lavhalar UzSWLU talabalari Indoneziyada o‘tayotgan amaliyot jarayonidan olingan.

🔥 Kanalni kuzatishda davom eting — xalqaro hamkorlik va talabalik hayotiga oid eng dolzarb yangiliklar hali oldinda!

@UzWAVE_center❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
🟦🟦🟦 🟦🟦

🎌 JAPAN 職場体験 PROGRAM

📆 6-iyul – 17-iyul
📌 Fukuoka – Kyoto – Nara – Osaka

🇯🇵 O‘zDJTU talabalari uchun maxsus e’lon!
Unutilmas yozgi sarguzasht va amaliy tajriba sizni kutmoqda!

✈️ To‘liq xizmat paketi: 2650 USD

Narx ichiga kiradi:
🏨 3*/4* darajadagi mehmonxona
🍱 Har kuni nonushta
🚗 Aeroport–mehmonxona–aeroport transfer
🎫 Aviabilet: Toshkent – Fukuoka – Osaka – Toshkent
🛂 Viza rasmiylashtirish xizmati
🚄 Shinkansen: Fukuoka – Kyoto
🏯 Guruhli ekskursiyalar (eng mashhur maskanlar bo‘ylab)
👔 3 kunlik INTERNSHIP dasturi
🏢 Yapon firmalarida real amaliyot tajribasi

Shuningdek, turli ko‘ngilochar va madaniy dasturlar tashkil etiladi

⚠️ Joylar soni cheklangan!
🎓 Faqat talabalar uchun!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling:
@Nargiza_Khamidova16

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩8
27-apreldan 2-mayga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti Raximova Gulchexra Obidjonovna Janubiy Koreyaning Seul shahrida UNESCO APCEIU tomonidan tashkil etilgan “The 25th Asia-Pacific Training Workshop (APTW) on EIU/GCED” nomli xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.


Mazkur seminar joriy yilda Global fuqarolik ta’limi yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lgan pedagoglar uchun ilg‘or darajadagi dastur sifatida tashkil etildi.

Trening davomida Global fuqarolik ta’limining dolzarb mavzulari va zamonaviy pedagogik yondashuvlari, jumladan, Sun’iy intellekt (AI) bilan tanqidiy yondashuv asosida ishlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy tarmoqlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4