O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.85K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tegishli xatiga asosan, joriy yilning 4–9-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Vikioromgoh” loyihasida 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir qancha iqtidorli va faol talaba-yoshlari munosib ishtirok etib qaytdi.

Oromgoh davomida ishtirokchilar uchun Wikipedia platformasi bilan ishlash, maqola yaratish va tahrirlash, ishonchli manbalar bilan ishlash, o‘zbek tilidagi kontentlarni boyitish bo‘yicha maxsus darslar, amaliy mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etildi.

🎯 Shuningdek, loyiha davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida intellektual bellashuvlar, jamoaviy o‘yinlar, motivatsion uchrashuvlar, qiziqarli tanlovlar hamda madaniy hordiq tadbirlari o‘tkazildi. Bu esa ishtirokchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki yangi do‘stlar orttirish, jamoa bilan ishlash tajribasini mustahkamlashiga xizmat qildi.

➡️ “Vikioromgoh” loyihasi yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda milliy kontentni boyitishga hissa qo‘shuvchi muhim tashabbuslardan biri sifatida barchada iliq taassurot qoldirdi.

Ishonamizki, ushbu oromgohda orttirilgan bilim va tajribalar talaba-yoshlarning kelgusidagi faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🤩4👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Videolavha

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, atoqli yozuvchi Ibrohim G‘afurov xonadoniga tashrif buyurdi. Samimiy uchrashuv davomida ustozning salomatligi holidan xabar olinib, uning milliy adabiyot va tarjimachilik rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62👏2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
☀️ Ochiq havoda ingliz tili: Bilim va sport uyg‘unligi!

​Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitish kafedrasi stajor-o'qituvchisi N.A.Jakbarova FKORK 2518-guruh talabalari bilan ochiq havoda qiziqarli va mazmunli dars tashkil etdi.

📌 Darsda:
"Name 3 things" va "Funny questions" o‘yinlari orqali ingliz tilida erkin muloqot qilindi.
"Juma — sport kuni" doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.


Ochiq havodagi dars talabalarning jamoaviy ishlash ko‘nikmasini oshirib, yuqori kayfiyat bag‘ishladi! 🚀

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
6👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔆🔆🔆🔆🔆🔆🔆

🏺 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshchiliga universitetimizning iqtidorli talabalari uchun kulolchilik markazida mahorat darslari tashkil etildi.

🔆Tashrif davomida talabalar milliy kulolchilik san’ati tarixi, an’analari hamda amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tajribali ustalar rahbarligida ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan kulolchilik mahsulotlari yaratib, unutilmas ijodiy tajribaga ega bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar ijodi, milliy qadriyatlar va madaniy meros uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Feruza Ashurova universitetning faxriy ustozlaridan biri — Sharipov Zikiriyo xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida faxriy ustozning ta’lim tizimi rivoji, yosh avlod tarbiyasi hamda universitet ravnaqiga qoʻshgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Suhbat jarayonida ustozning boy hayotiy tajribasi, samarali ilmiy-pedagogik faoliyati va ko‘p yillik fidokorona mehnati haqida iliq fikrlar bildirildi.

Shuningdek, ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning hayot yo‘li va mehnatini qadrlash yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tashrif yakunida Sharipov Zikiriyoga mustahkam sog‘liq, uzoq umr hamda oilaviy farovonlik tilab, bayram tabrigi va ezgu tilaklar yo‘llandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Malta oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro akademik hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Ayni kunlarda Malta Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Ra’no Urishevna Madjidova L-Università ta' Maltada bir qator ilmiy va akademik uchrashuvlarda ishtirok etdi hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Tashrifning ikkinchi kuni doirasida professor R.U. Madjidova tomonidan “O‘zbek tili va madaniyati” mavzusida maxsus ma’ruza tashkil etildi. Unda o‘zbek xalqining boy milliy qadriyatlari, tilning lingvomadaniy xususiyatlari, milliy tafakkur va madaniyatning til orqali ifodalanish shakllari, shuningdek, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining dolzarb ilmiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Ma’ruza tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, tadbir davomida o‘zbek tili, milliy an’analar, folklor, madaniy meros va zamonaviy lingvistik tadqiqotlarga oid ko‘plab savollar o‘rtaga tashlandi. Ular yuzasidan o‘zaro ilmiy fikr almashilib, samarali akademik muloqot muhitini shakllantirdi.

Shuningdek, tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar ishtirokida tajriba almashish uchrashuvlari ham tashkil etildi. Muloqotlar davomida Malta va o‘zbek tillari o‘rtasidagi ayrim leksik-semantik hamda tarixiy-lingvistik o‘xshashliklar muhokama qilinib, istiqbolda o‘zaro leksik-semantik lug‘at yaratish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, professor R.U. Madjidova tomonidan talabalar hamda yosh tadqiqotchilar uchun maxsus master-klass o‘tkazildi. Unda lingvokulturologik tahlil usullari, maqol va paremiologik birliklarni tadqiq etish metodlari, zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda amaliy tahlil mexanizmlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Interaktiv savol-javoblar asosida tashkil etilgan master-klass ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otib, ilmiy hamkorlik va akademik almashinuvni yanada rivojlantirish uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1