O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#ЮТУҚ_ҒАЛАБА

🏆 O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Orexin–Rijina Vita Aleksandrovna hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti fransuz yo‘nalishi talabalari Abdushukurova N., Axmadaliyeva M. va Abdisattarova B. 2026 yil 7–8 may kunlari Toshkent shahrida Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida Yosh tomoshabinlar teatri bilan birgalikda tashkil etilgan XI Frankofoniya teatr festivalida “ENG YAXSHI SPEKTAKL” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lishdi.

👏 Ularga kelgusida ham ulkan zafarlar, yangi ijodiy yutuqlar va omad tilaymiz. Iste’dod va mehnatlari samarasi o‘laroq yanada baland cho‘qqilarni egallab, yurtimiz nufuzini xalqaro maydonlarda munosib namoyon etishlariga tilakdoshmiz!


📍https://t.me/RGTT_TF
🎉75👍2🔥1
🟦🟦🟦

Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar, qadrli faxriylar!

Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Bu yil an’anaga aylangan mazkur qutlug‘ sana yurtimizda “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom xalqimizning matonati, jasorati va Vatanga sadoqatini ulug‘laydigan, ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltiriladigan muqaddas kundir.

Bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan insonlar, shuningdek, yurt ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va ziyolilarimizning xizmatlari beqiyosdir.

Xotira va qadrlash kuni nafaqat o‘tmishni yod etish, balki inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat, sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlovchi ulug‘ ayyomdir.

Shu munosabat bilan barcha faxriylarimizga, ustozlarimizga va yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik va osoyishtalik tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxomjon TUXTASINOV,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥108👍4🤩1
🟦🟦🟦

Xotira va qadrlash — insoniy ehtirom timsoli

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, atoqli yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov xonadoniga tashrif buyurdi.
Samimiy suhbat davomida ustozning salomatligi va holidan xabar olinib, u kishining o‘zbek adabiyoti, tarjimachilik maktabi hamda milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv chog‘ida Ibrohim G‘afurovning serqirra ijodi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, tarjima san’ati va adabiyotga oid qimmatli fikrlari tinglandi. Suhbat iliq va samimiy ruhda kechdi.
Bunday ehtirom va tashriflar ustozlarga bo‘lgan hurmat, milliy qadriyatlarimiz hamda insoniy mehr-oqibatning yorqin ifodasidir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun, 9-may — Xotira va qadrlash kunida O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining fayzi, necha-necha talabalarga onadek mehribon bo‘lgan Isxakova Ra’no opa yo‘qlab borildi.

Ra’no opa uzoq yillar davomida fakultetimizda farrosh bo‘lib ishlab, nafaqat bino ozodaligiga, balki har birimizning ko‘nglimizga ham yo‘l topa olgan fidoiy insondir.

Bugun u kishining holidan xabar olinib, bayram bilan qutlandi. Yuzlaridagi quvonch va ko‘zlaridagi minnatdorchilik yoshlarida inson qadri, mehr-oqibat va e’tiborning yuksak namunasi namoyon bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥2
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 😊ingliz tili ikkinchi fakulteti jamoasi Ikramov Toir To‘laganovich xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan samimiy tabrikladi.

82 yoshni qarshi olgan faxriy bilan iliq suhbat qurilib, ularning hayot yo‘li, mehnat faoliyati hamda yoshlarga bergan nasihatlari katta qiziqish bilan tinglandi. Bobojonning hayotiy tajribasi va matonati barchaga chuqur taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida ustoz va talabalar tomonidan ehtirom hamda hurmat bajo keltirilib, bayram sovg‘alari topshirildi.

Xotira va qadrlash kuni — inson qadrini ulug‘laydigan, yoshi ulug‘ insonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatadigan muhim sana hisoblanadi. Ingliz tili ikkinchi fakulteti jamoasi bunday uchrashuvlarni yuksak qadriyat sifatida davom ettiradi. 🇺🇿

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
🟦🟦🟦

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev universitet vakillari bilan birgalikda Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida istiqomat qiluvchi 90 yoshli mehnat fronti faxriysi holidan xabar oldi.

Tashrif davomida faxriy bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi mehnatlari uchun minnatdorlik izhor etildi.

Bunday e’tibor va ehtirom xalqimizning faxriy avlod vakillariga bo‘lgan yuksak hurmati hamda inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir ifodasidir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4