O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Konferensiya doirasida 3 ta parallel panel sessiya tashkil etildi.

I-panel sessiya
“Raqamli jamiyatda oila: kommunikatsiya, xavfsizlik va yangi tarbiyaviy yondashuvlar”

Moderator:
Beknazarova Saida — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Sessiyada Raxmonkulova Nilufar Xodji-Akbarovna, Qurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, Xamdamova Firuza Urazaliyevna va Otaxonova Bahrixon Ibragimovna raqamli platformalar, oilaviy kommunikatsiya xavfsizligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda monitoring tizimlari bo‘yicha taqdimotlar qildi.

II-panel sessiya
“Oila va vatanparvarlik tarbiyasi: zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, tendensiyalar va metodologiya”


Moderator:
Akramova Feruza Akmalovna — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

Yusupova Zebo Xusanovna, Xalikova Moxira Kundibayevna, Sa’dullayeva Gulnoza Sodiq qizi hamda Abduxalilova Laylo Toxtasinovna yoshlar tarbiyasi, milliy video-o‘yinlar, raqamli transformatsiya va demografik prognozlar bo‘yicha ilmiy ishlanmalarini taqdim etdi.

III-panel sessiya
“Oila va ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasi: institutsional yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar”


Moderator:
Xojiyev Rasul Boynazar o‘g‘li — Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

Sessiyada Shadmanova Sanavar Bazarbayevna, Tojiyeva Zulxumor Nazarovna va Djumabayeva Jamila Sharipovna innovatsion elektron platformalar, oilaviy tarkibning multimedia tahlili hamda ilmiy-raqamli ta’lim mahsulotlari yuzasidan ma’ruza qildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr-mulohazalar almashildi, ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi hamda barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Forwarded from Edu.uz
Oila va tarbiya masalalari boʻyicha respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Oila — Vatan poydevori: zamonaviy jamiyatda oilaning ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.


Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Zulayho Maxkamova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhom Tuxtasinov, vazirlik va idoralar vakillari, olimlar, tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari bugungi davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekani taʼkidlandi.

#ilmiy_amaliy_anjuman

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/163485

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram.
4
Yoshlar bilan uchrashuv: e’tibor va samimiyatga boy tashrif

7-may kuni Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva 2-son Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar holidan xabar oldi.

Uchrashuv samimiy va iliq muhitda o‘tkazilib, unda talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning yashash sharoiti, kundalik hayoti, kayfiyati hamda orzu-maqsadlari bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida bir qator ma’naviy va ijodiy lahzalar ham tashkil etildi:

Mahorat darsi doirasida tayyorlangan “sirli taom” barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi;
Pianinoda ijro etilgan nafis va jonli kuylar uchrashuvga alohida fayz bag‘ishladi;
Talabalar tomonidan ijro etilgan universitet madhiyasi va fleshmob esa barchani yanada birlashtirdi.

Mazkur tashrif nafaqat talabalar uchun motivatsion uchrashuv, balki mehr, e’tibor va samimiyatga boy unutilmas lahzalarga aylandi.

Talaba qalbiga yo‘l — e’tibor va samimiyatdan boshlanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2👏1🤩1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🇪🇸🇺🇿Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik davom etmoqda

📅 2026-yil 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Filologiya fakultetida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy seminarlar hamda akademik uchrashuvlarda faol ishtirok etildi. Shuningdek, mezbon universitet professor-o‘qituvchilarining dars jarayonlari kuzatilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishildi.

Iroda Turamuratova tomonidan universitet talabalari uchun madaniyatlararo muloqot yo‘nalishida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda turli madaniyat vakillari bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, milliy va madaniy qadriyatlarni anglash, tolerantlik hamda madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Mazkur akademik almashinuv dasturi doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7