O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Maltada xalqaro hamkorlik safarida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Madjidova Ra’no Urishevna 2026-yil 4–12-may kunlari Maltaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — L-Università ta' Maltada xalqaro hamkorlik doirasidagi xizmat safarida bo‘lib turibdi. Mazkur universitet xalqaro TOP-500 talik reytingidan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvning birinchi kunida universitetning xalqaro aloqalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori PhD (Melit.) Sergio Portelli, xalqaro va ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i professor Clare E. Vassallo, shuningdek, Umumiy tilshunoslik va adabiyotshunoslik kafedrasi hamda Xorijiy tillarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi fakulteti rahbariyati tomonidan samimiy kutib olindi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslik, lingvokulturologiya va xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar kelgusida ilmiy maqolalar va monografiyalarni hamkorlikda tayyorlash yuzasidan qiziqish bildirdilar. Xalqaro hamkorlik uchrashuvi yakunida universitetlar o'rtasida esdalik sovg‘alari almashildi hamda kelgusidagi hamkorlik rejalariga oid dastlabki kelishuvlarga erishildi.
6🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2539-guruh talabalari tyutor Xamidova Shahnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Muzey va bog‘ hududidagi tarixiy lavhalar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar jasoratiga cheksiz hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tarixni qadrlashga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🔻🔻🔻🔻🔻

8-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Oila — Vatan poydevori: zamonaviy jamiyatda oilaning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olima ayollar, ilmiy tadqiqotchilar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.B. Maxkamova ochib berdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M. Tuxtasinov tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.

Asosiy ma’ruzalarda:

🔹 Nurmatova Mukarram Ahmedovna — Yangi O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirish va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari;

🔹 Saidova Lola Abduvaxidovna — oilada gender tenglikni ta’minlashning huquqiy, ijtimoiy va psixologik asoslari;

🔹 Sodiqova Shoxida — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni;

🔹 Jamoliddinova Odina Rasulovna — oilada vatanparvar shaxsni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari;

🔹 Xolida Ziyayeva — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

🔹 Abdullayeva Barno Sagdullayevna — globallashuv sharoitida oila instituti transformatsiyasi.

Ma’ruzalarda raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarni asrash, yoshlar tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish, hamda xotin-qizlarning ilm-fandagi faolligini qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Konferensiya doirasida 3 ta parallel panel sessiya tashkil etildi.

I-panel sessiya
“Raqamli jamiyatda oila: kommunikatsiya, xavfsizlik va yangi tarbiyaviy yondashuvlar”

Moderator:
Beknazarova Saida — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Sessiyada Raxmonkulova Nilufar Xodji-Akbarovna, Qurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, Xamdamova Firuza Urazaliyevna va Otaxonova Bahrixon Ibragimovna raqamli platformalar, oilaviy kommunikatsiya xavfsizligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda monitoring tizimlari bo‘yicha taqdimotlar qildi.

II-panel sessiya
“Oila va vatanparvarlik tarbiyasi: zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, tendensiyalar va metodologiya”


Moderator:
Akramova Feruza Akmalovna — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

Yusupova Zebo Xusanovna, Xalikova Moxira Kundibayevna, Sa’dullayeva Gulnoza Sodiq qizi hamda Abduxalilova Laylo Toxtasinovna yoshlar tarbiyasi, milliy video-o‘yinlar, raqamli transformatsiya va demografik prognozlar bo‘yicha ilmiy ishlanmalarini taqdim etdi.

III-panel sessiya
“Oila va ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasi: institutsional yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar”


Moderator:
Xojiyev Rasul Boynazar o‘g‘li — Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

Sessiyada Shadmanova Sanavar Bazarbayevna, Tojiyeva Zulxumor Nazarovna va Djumabayeva Jamila Sharipovna innovatsion elektron platformalar, oilaviy tarkibning multimedia tahlili hamda ilmiy-raqamli ta’lim mahsulotlari yuzasidan ma’ruza qildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr-mulohazalar almashildi, ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi hamda barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1