O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.85K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Фариноз)
Konferensiya doirasida turli shoʻbalarda talabalar o‘zlarining dolzarb mavzulardagi ilmiy maqolalari va tadqiqot ishlari bilan faol ishtirok etishdi.

📚 Ilmiy chiqishlar davomida:
📌 Kompyuter lingvistikasi va sun’iy intellekt texnologiyalari
📌 Xorijiy til ta’limida AI platformalari va raqamli pedagogika
📌 Adabiyot va madaniyat tadqiqotlarida yangi nazariy yondashuvlar
📌 Madaniyatlararo muloqot va turizm sohalaridagi istiqbolli tadqiqotlar
📌 Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti kabi yo‘nalishlarda qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.


👏 Hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi ilmiy ishlar saralab olinib, faol ishtirok etgan talabalar faxrli I, II, III darajali diplomlar hamda sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

💐 Barcha ishtirokchilarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
2
Forwarded from Fakultet talabalari
9-may — Xotira va qadrlash kuni!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni samimiy kutib olish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir fakultet dekan muovini S. Manazarov, fakultet tyutori D. Sharopova, Yoshlar ittifoqi hamda faol talabalar hamkorligida yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Ushbu tashabbus orqali ustoz va talabalarga e’tibor va hurmat ko‘rsatilib, yurtimiz tinchligi hamda faxriylar xotirasiga bo‘lgan ehtirom yana bir bor namoyon etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

🌐
https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
3👍2
Forwarded from Edu.uz
#fan_olimpiadasi

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichlari bo‘lib o‘tadi.


Fanlar va ularning o‘tkazilish joylari:

💻Informatika va axborot texnologiyalari
🤩Sana: 13–14-may kunlari
📍Joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filali

🧪Kimyo
🤩Sana: 15–16-may kunlari
📍Joyi: Samarqand davlat universiteti

🧬Biologiya
🤩Sana: 18–19-may kunlari
📍Joyi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti

🌡Fizika
🤩Sana: 19–20-may kunlari
📍Joyi: Namangan davlat universiteti


Eslatma, fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦

“BURCH, JASORAT, MATONAT” shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori Mavluda Allamova boshchiligida 2517-guruh talabalari tomonidan “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Tadbir davomida bugungi tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan mard va jasur ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, ularning matonati hamda Vatanga sadoqati ehtirom bilan tilga olindi.

Bunday ezgu tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat va qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

O‘tganlar xotirasi hamisha qalblarimizda yashaydi. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va osmonimiz musaffo bo‘lsin!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2😢1🎉1🤩1