O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📸 🟦🟦🟦

7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiridan fotolavhalar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1🤩1
Forwarded from UzSWLU sports club
"YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI" sport musobaqalarida navbatdagi gʻalaba🔥

⛹‍♀ Bugun oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari oʻrtasida sportning basketbol (3x3) turi boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada poytaxtimizning eng kuchli terma jamoalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi ham gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

💥 Quvonarlisi, yakunda terma jamoamiz ajoyib natija qayd etgan holda Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Natijalar bilan tanishing:

1-oʻyin
UzSWLU 21 - 0 Sharqshunoslik

2-oʻyin
UzSWLU 21 - 0 Konservatoriya

FINAL
UzSWLU 14 - 4 WESTMINSTER


💪 Jamoamiz hozir optimal formada. Respublika final bosqichida qizlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz🔥
15🔥9🎉6😢1🤩1
🟦🟦🟦

“ISPAN TILI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI” QISQA MUDDATLI O‘QUV KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan “Ispan tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi va pedagogik texnologiyalari” qisqa muddatli o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur kurslar davomida Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan malakali xorijiy mutaxassislar — Dr. María Esther Zaplana Rodríguez hamda Dr. María Isabel Jiménez González tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar, raqamli pedagogika va xalqaro tajribaga asoslangan mashg‘ulotlar olib borildi. Tinglovchilar xorijiy til ta’limining ilg‘or metodikalari, interaktiv ta’lim texnologiyalari hamda ispan tilini o‘qitishning samarali usullari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kurslarning yakuniy taqdirlash marosimida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilgan bunday o‘quv kurslari professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 🟦🟦🟦

7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiridan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
🟦🟦🟦

🇺🇿 7-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Jadidlar merosi – kelajak poydevori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori V. Sadiyev, fakultet dekani D. Djurayev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov, tyutor M. Yoʻdashev hamda fakultet maʼmuriyati vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi vakilining ishtiroki tadbir mazmunini yanada boyitdi.

Tadbir universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori V. Sadiyev kirish soʻzi bilan ochib berildi.

Tadbir davomida jadid bobolarimizning millat ravnaqi, ilm-maʼrifat va ozodlik yoʻlidagi fidokorona faoliyati haqida soʻz yuritildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, milliy raqslar hamda jadidlar hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy-musiqiy chiqishlar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Jadidlarning maʼrifatparvarlik gʻoyalari, ularning xalq taʼlimi va milliy uygʻonish yoʻlidagi xizmatlarini aks ettirgan chiqishlar tadbirning maʼnaviy ahamiyatini yanada oshirdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar orqali milliy qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuygʻulari tarannum etildi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, tarixiy xotirani asrash hamda jadidlar merosini keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4