O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️⚡️

🇺🇿2025-yil 3-noyabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-331-son qarori “2026–2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda sog‘lom avlodni shakllantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda irsiy kasalliklarning oldini olish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur qarorning 7-bandida aholi o‘rtasida kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Shu asosda joriy yilning 7-may sanasida keng qamrovli targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi D.Matyakubova ishtirok etib, yoshlar va ota-onalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, nikoh oldi tibbiy ko‘riklarining ahamiyati, irsiy kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika choralari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, tadbirda tyutorlar Sh.Xo'janiyazova, D.Xurramova, “Xuroson” MFY raisi O.T.Nosirov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi D.E.Abdusamatova hamda Uchtepa tumani 25-oilaviy poliklinikasi akusher-ginekologi O.Azimova ishtirok etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, yosh oilalarga tibbiy-maslahat xizmatlarini ko‘rsatish borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilarga orfan va irsiy-genetik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari, sog‘lom ovqatlanish, reproduktiv salomatlikni asrash, tibbiy madaniyatni yuksaltirish hamda nikohdan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish, yoshlarni sog‘lom hayotga yo‘naltirish va kelajak avlod salomatligini ta’minlash borasida doimiy ravishda targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ekani ta’kidlandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
📸 🟦🟦🟦

7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiridan fotolavhalar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏1
📸 🟦🟦🟦

7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiridan fotolavhalar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1🤩1
Forwarded from UzSWLU sports club
"YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI" sport musobaqalarida navbatdagi gʻalaba🔥

⛹‍♀ Bugun oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari oʻrtasida sportning basketbol (3x3) turi boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada poytaxtimizning eng kuchli terma jamoalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi ham gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

💥 Quvonarlisi, yakunda terma jamoamiz ajoyib natija qayd etgan holda Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Natijalar bilan tanishing:

1-oʻyin
UzSWLU 21 - 0 Sharqshunoslik

2-oʻyin
UzSWLU 21 - 0 Konservatoriya

FINAL
UzSWLU 14 - 4 WESTMINSTER


💪 Jamoamiz hozir optimal formada. Respublika final bosqichida qizlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz🔥
15🔥9🎉6😢1🤩1