Ozarbayjon OTMlari bilan hamkorliklar kengaymoqda
Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori A. Nasirov Boku Slavyan universitetida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv davomida mazkur universitet slavyan va german tillarini o‘rganishga ixtisoslashgani, shuningdek, diplomatlar, jurnalistlar, filologlar, o‘qituvchilar hamda rus, polyak, chex, ingliz, nemis, bolgar, ukrain, yunon, slovak, belarus, serb, xorvat, fransuz, turk tillari va adabiyoti bo‘yicha tarjimonlar, shuningdek, xalqaro munosabatlar, madaniyat, geografiya, tarix, huquq va iqtisodiyot yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashi ta’kidlandi.
A. Nasirov Boku Slavyan universitetining Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori Ayten Bayramova bilan uchrashib, imzolangan hamkorlik memorandumi ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi. Shuningdek, memorandum doirasida aniq yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va amaliy hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Shu kuni A. Nasirov Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i, filologiya fanlari doktori, dotsent Moyli Asgerov bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda kognitologiya sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Moyli Asgerov Turkiy davlatlar kognitologiya markazini tashkil etish, O‘zDJTU kognitolog olimlari bilan Ozarbayjon olimlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, kognitologiya, psixolingvistika, sotsiolingvistika va neyrolingvistika yo‘nalishlarida turkiy hamda g‘arb ilmiy maktablari yondashuvlarini uyg‘unlashtirish dolzarb masala ekani qayd etildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PQ–354-son qaroriga muvofiq O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish choralari ko‘rilib, ushbu universitet o‘z faoliyatini boshlamoqda. Shu kabi tajriba asosida Boku shahrida ham Ozarbayjon va Fransiya Prezidentlari tashabbusi bilan Ozarbayjon-Fransuz universiteti (UFAZ University) faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetda bugungi kunda 900 nafarga yaqin talaba bakalavriatning 5 ta yo‘nalishi hamda magistraturaning 4 ta mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olmoqda. Ta’lim jarayoni Fransiyadagi Strasburg va Renn universitetlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Bitiruvchilarga ikki diplom berilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim bepul amalga oshiriladi. Har yili 190 nafar bakalavr va 110 nafar magistrant qabul qilinadi.
A. Nasirov UFAZ University rektori Vassek Askerov taklifiga binoan o‘tkazilgan forumda ishtirok etdi hamda universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏1
✅ Targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilarga orfan va irsiy-genetik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari, sog‘lom ovqatlanish, reproduktiv salomatlikni asrash, tibbiy madaniyatni yuksaltirish hamda nikohdan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.✅ Shu bilan birga, aholi o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish, yoshlarni sog‘lom hayotga yo‘naltirish va kelajak avlod salomatligini ta’minlash borasida doimiy ravishda targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ekani ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiridan fotolavhalar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏1
7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiridan fotolavhalar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1👏1🤩1