O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Ispaniyaning Kastilya la Mancha universiteti professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ispaniyaning Kastilya la Mancha universiteti professorlari — doktor Maria Ester Zaplana Rodriges hamda doktor Maria Izabel Ximenes Gonsales bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X.Yo‘ldashev, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori J.Abduganiyeva hamda markazning mas’ul xodimi M.Musabekova ishtirok etdi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun onlayn va oflayn formatlarda ma’ruzalar hamda seminar-treninglar tashkil etish, qo‘shma malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hammualliflikda Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanadigan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari Daniel Heler bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Daniel Heler janoblariga O‘zDJTU faoliyati hamda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida videorolik namoyish etildi va qisqacha ma’lumot berildi.

Rektor I. Tuxtasinov Chexiya oliygohlari bilan ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, ushbu mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish hamda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zDJTUda chex tilini o‘qitishni boshlash tashabbusini ilgari surdi. Shu maqsadda universitetga chex tili sohiblarini jalb etishda elchixona amaliy yordam ko‘rsatishi so‘raldi. Shuningdek, elchixona, Chexiya kompaniyalari va ishbilarmon doiralari ko‘magida universitetda Chex tili markazini tashkil etish O‘zbekistonda chex tili, adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Daniel Heler janoblari Charlz va Brno kabi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik samarali bo‘lishini, biroq oliy ta’lim muassasalari mustaqil ravishda qaror qabul qilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, elchixona hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va takliflarni amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar uchrashuvda nafaqat O‘zbekistonda chex tilini o‘qitish, balki Chexiyada o‘zbek tilini o‘qitish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. Daniel Heler bildirilgan takliflarni Chexiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan muhokama qilib, amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦

Ozarbayjon OTMlari bilan hamkorliklar kengaymoqda

Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori A. Nasirov Boku Slavyan universitetida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida mazkur universitet slavyan va german tillarini o‘rganishga ixtisoslashgani, shuningdek, diplomatlar, jurnalistlar, filologlar, o‘qituvchilar hamda rus, polyak, chex, ingliz, nemis, bolgar, ukrain, yunon, slovak, belarus, serb, xorvat, fransuz, turk tillari va adabiyoti bo‘yicha tarjimonlar, shuningdek, xalqaro munosabatlar, madaniyat, geografiya, tarix, huquq va iqtisodiyot yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashi ta’kidlandi.

A. Nasirov Boku Slavyan universitetining Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori Ayten Bayramova bilan uchrashib, imzolangan hamkorlik memorandumi ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi. Shuningdek, memorandum doirasida aniq yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va amaliy hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Shu kuni A. Nasirov Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i, filologiya fanlari doktori, dotsent Moyli Asgerov bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda kognitologiya sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Moyli Asgerov Turkiy davlatlar kognitologiya markazini tashkil etish, O‘zDJTU kognitolog olimlari bilan Ozarbayjon olimlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, kognitologiya, psixolingvistika, sotsiolingvistika va neyrolingvistika yo‘nalishlarida turkiy hamda g‘arb ilmiy maktablari yondashuvlarini uyg‘unlashtirish dolzarb masala ekani qayd etildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PQ–354-son qaroriga muvofiq O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish choralari ko‘rilib, ushbu universitet o‘z faoliyatini boshlamoqda. Shu kabi tajriba asosida Boku shahrida ham Ozarbayjon va Fransiya Prezidentlari tashabbusi bilan Ozarbayjon-Fransuz universiteti (UFAZ University) faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetda bugungi kunda 900 nafarga yaqin talaba bakalavriatning 5 ta yo‘nalishi hamda magistraturaning 4 ta mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olmoqda. Ta’lim jarayoni Fransiyadagi Strasburg va Renn universitetlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Bitiruvchilarga ikki diplom berilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim bepul amalga oshiriladi. Har yili 190 nafar bakalavr va 110 nafar magistrant qabul qilinadi.

A. Nasirov UFAZ University rektori Vassek Askerov taklifiga binoan o‘tkazilgan forumda ishtirok etdi hamda universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏1