Xalqaro stipendiya imkoniyati – Braziliya
QS Jahon reytingida 233-o‘rinni egallagan University of Campinas (UNICAMP) universiteti bilan hamkorlik doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida portugal tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ikki nafar bakalavr talabaga mo‘ljallangan stipendiya tanlovi e’lon qilinadi.
Ushbu dastur doirasida tanlab olingan talabalar Braziliyada joylashgan UNICAMP universitetida bir semestr davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
💰Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:
Santander tomonidan taqdim etiladigan grant:
— semestr davomida xarajatlarning bir qismini qoplaydi (taxminan 3250 AQSh dollari);
— universitet oshxonasi va tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish kartasi taqdim etiladi.
Grant aviachipta va sayohat sug‘urtasi xarajatlarini qamrab olmaydi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
— 1 sahifalik motivatsion xat (nomzodning nega ushbu stipendiyaga munosib ekanligi asoslangan holda).
Savollar bo‘yicha tushuntirish berish maqsadida Prof. Marcelle F. Guil bilan uchrashuv tashkil etiladi.
— Ariza topshirishdan oldin barcha hujjatlar bilan tanishib chiqing;
— Qarorni ota-onangiz bilan muhokama qilgan holda qabul qilishingiz tavsiya etiladi.
Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri
Dilrabo Baxronova
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
KENGAYTIRILGAN KAFEDRA ILMIY MUHOKAMASI
7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Xurramov Abdulbosit Ibroimovichning 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ko‘zi ojiz o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini TBLT texnologiyasi orqali rivojlantirish (8-9 sinflar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori — PhD dissertatsiyasi yuzasidan kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi tashkil etildi.
💻 📍 Mazkur ilmiy muhokama an’anaviy (offline) hamda ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi. Unda kengaytirilgan kafedra a’zolari, soha mutaxassislari, ilmiy rahbar hamda taqrizchilar faol ishtirok etdilar.
👩🏫 Dissertatsiya ishiga pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Muradkasimova Kamola Shuxratovna ilmiy rahbarlik qilgan.📝 Taqrizchilar sifatida:
🔹 Ismatova Shahnoza Mirahmatovna − pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
🔹 Mamatova Dilnoza Bekpulatovna − pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent🎯 Yig‘ilish davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy-metodik asoslari hamda tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘zi ojiz o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmasini TBLT texnologiyasi orqali rivojlantirish imkoniyatlari keng qamrovda muhokama etildi. Ishtirokchilar tomonidan ilmiy asoslangan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Forwarded from Fakultet talabalari
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida rahbarlar va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Angren shahar hokimi A.Rayimov, shahar prokurori A.Xayriddinov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, fakultet dekani I.Bazarov hamda tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlik, tadbirkorlik va ta’lim masalalari muhokama qilinib, “Qoradori – 2026” profilaktik oyligi doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilgari surilgan takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti

👍4❤2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi
7-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov boshchiligida professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar “Mualliflik huquqi obyektlari va axborot texnologiyalari sohasidagi mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzusiga bag‘ishlanib, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarga sohaga oid muhim ma’lumotlarni yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘limi boshlig‘i Shamshetov Jiyenbay Karamaddinovich hamda bosh maslahatchi Kadirova Barnoxon Maxmudjanovna ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash tartibi, axborot texnologiyalari sohasidagi ishlanmalarni huquqiy himoya qilish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤4👍1