Forwarded from Sarvinoz
🏛 O‘ZDJTU QO‘SHMA TA’LIM FAKULTETI: 6-TTJDA TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Talabalar turar joylarida yashash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, jamoat tartib-qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish fakultet rahbariyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Kuni kecha Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti bosh tyutori Nilufar Manonovna ishtirokida 6-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🧼 Sanitariya-shaxsiy gigiyena
Talabalarga yashash xonalari hamda umumiy foydalanish hududlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishning sog‘liqni saqlash, ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi o‘rni tushuntirildi.
🛡 Xavfsizlik va ichki tartib-qoidalar
Talabalar turar joyida amal qilinadigan ichki tartib-qoidalarga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi choralariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉 Batafsil:https://t.me/uzswlu_global
Talabalar turar joylarida yashash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, jamoat tartib-qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish fakultet rahbariyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Kuni kecha Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti bosh tyutori Nilufar Manonovna ishtirokida 6-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🧼 Sanitariya-shaxsiy gigiyena
Talabalarga yashash xonalari hamda umumiy foydalanish hududlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishning sog‘liqni saqlash, ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi o‘rni tushuntirildi.
🛡 Xavfsizlik va ichki tartib-qoidalar
Talabalar turar joyida amal qilinadigan ichki tartib-qoidalarga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi choralariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉 Batafsil:https://t.me/uzswlu_global
❤2👍1
“Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Davlat madhiyasi va harbiy orkestr ijrosidagi tantanali ochilish bilan boshlandi. Shundan so‘ng “Xotira maydoni” nomli videorolik namoyish etildi.
Tadbirda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov bayram tabrigi bilan so‘zga chiqib, yurt tinchligi va ajdodlar xotirasini e’zozlash xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori D. Bobojonova xotira va qadrlash tushunchalarining tarixiy-ma’naviy ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Dastur davomida Tarjimonlik fakulteti talabalari tomonidan 8 tilda polilog chiqishlari namoyish etildi. Fakultet talabasi Asadbek Qurbonboyev ijrosidagi musiqiy chiqish, “Ilhaq” sahna ko‘rinishi, milliy va zamonaviy raqslar hamda Respublika tanlovlari g‘olibi Dilmurod Maxmudovning opera va klassik yo‘nalishdagi chiqishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Tadbir harbiy orkestr ijrosidagi tantanali yakun bilan nihoyasiga yetdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2🎉1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tashrif.
🗓Joriy yilning 07.04.2026 sanasida 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori M. Xudayberdiyeva va Sh.Xamidova hamda XT2-2530, XT2-2531-guruh talabalari bilan birgalikda "Motamsaro ona" haykali poyiga tashrif buyurdilar.
Ushbu tashrifdan koʻzlangan maqsad yoshlarni bugungi tinch osoyishta kunlarga shukronalik ruhida tarbiyalash hamda vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan vatandoshlarimiz nomini yod etish va abadiylashtirishdan iborat.
Zero tarixiy xotirani saqlash, tinchlikni qadrlash, o‘tganlarni yod etish va keksalarni e'zozlash har bir kishining insoniy burchidir.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!📱 Telegram📱 Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Startup Brainstorm Session
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida startap ekotizimini rivojlantirish, talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni o‘z startap loyihalarini yaratish va rivojlantirish jarayonida amaliy jihatdan yo‘naltirish maqsadida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Abdullayeva hamda 2-ingliz fakulteti talabalari ishtirokida Startup Brainstorm Session tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan innovatsion va istiqbolli startap g‘oyalari muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish, biznes modelini shakllantirish, jamoa bilan ishlash hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiya va yo‘nalishlar berildi. Shuningdek, g‘oyalarni tijoratlashtirish, ularni investitsion loyihalarga aylantirish va bozorga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Ushbu Startup Brainstorm Session yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularni startap faoliyatiga yo‘naltirish hamda universitetda startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3