O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti (Мухаммаджон Абдурахмонов)
📍 Xotira va qadrlash kuni arafasida Rus filologiyasi fakultetining 2-bosqich talabalari uchun “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi Yuldasheva M. R. tashabbusi bilan Chirchiq Oliy Harbiy Tank Qo‘mondonlik-Muhandislik Bilim Yurtiga mazmunli va qiziqarli sayohat tashkil etildi.

🔹Tashrif dasturi haqiqatan ham katta taassurot qoldirdi. Talabalar bilim yurti muzeyiga tashrif buyurib, tarix va qahramonlik o‘tmishi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, o‘qituvchi va professorlar bilan bo‘lgan uchrashuv katta qiziqish uyg‘otdi — ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bo‘lajak ofitserlarni tayyorlash jarayoni haqida so‘zlab berdilar.

🔸Ekskursiyaning amaliy qismi esa haqiqiy harbiy muhitga sho‘ng‘ish imkonini berdi:
— ishtirokchilar parashyutdan sakrash simulyatorida o‘zlarini sinab ko‘rdilar,
— mina zararsizlantirilishi namoyishini kuzatdilar,
— otishma simulyatorida o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar,
— shuningdek, zamonaviy raqamli poligonga tashrif buyurdilar.


🔹Mazkur sayohat nafaqat qiziqarli, balki vatanparvarlik tarbiyasi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi. Talabalar xizmat, mas’uliyat va Vatanga sadoqat tushunchalarini yanada chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

#yoshlar_kuni
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Rus filologiyasi fakulteti💙
4👍3🔥1
Forwarded from Sarvinoz
🏛 O‘ZDJTU QO‘SHMA TA’LIM FAKULTETI: 6-TTJDA TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Talabalar turar joylarida yashash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, jamoat tartib-qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish fakultet rahbariyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Kuni kecha Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti bosh tyutori Nilufar Manonovna ishtirokida 6-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🧼 Sanitariya-shaxsiy gigiyena
Talabalarga yashash xonalari hamda umumiy foydalanish hududlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishning sog‘liqni saqlash, ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi o‘rni tushuntirildi.
🛡 Xavfsizlik va ichki tartib-qoidalar
Talabalar turar joyida amal qilinadigan ichki tartib-qoidalarga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi choralariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉 Batafsil:https://t.me/uzswlu_global
2👍1
🟦🟦🟦

“Burch, jasorat, matonat” shiori ostidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir Davlat madhiyasi va harbiy orkestr ijrosidagi tantanali ochilish bilan boshlandi. Shundan so‘ng “Xotira maydoni” nomli videorolik namoyish etildi.

Tadbirda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov bayram tabrigi bilan so‘zga chiqib, yurt tinchligi va ajdodlar xotirasini e’zozlash xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori D. Bobojonova xotira va qadrlash tushunchalarining tarixiy-ma’naviy ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Dastur davomida Tarjimonlik fakulteti talabalari tomonidan 8 tilda polilog chiqishlari namoyish etildi. Fakultet talabasi Asadbek Qurbonboyev ijrosidagi musiqiy chiqish, “Ilhaq” sahna ko‘rinishi, milliy va zamonaviy raqslar hamda Respublika tanlovlari g‘olibi Dilmurod Maxmudovning opera va klassik yo‘nalishdagi chiqishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Tadbir harbiy orkestr ijrosidagi tantanali yakun bilan nihoyasiga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🎉1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tashrif.

🗓Joriy yilning 07.04.2026 sanasida 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti tyutori M. Xudayberdiyeva va Sh.Xamidova hamda XT2-2530, XT2-2531-guruh talabalari bilan birgalikda "Motamsaro ona" haykali poyiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrifdan koʻzlangan maqsad yoshlarni bugungi tinch osoyishta kunlarga shukronalik ruhida tarbiyalash hamda vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan vatandoshlarimiz nomini yod etish va abadiylashtirishdan iborat.

Zero tarixiy xotirani saqlash, tinchlikni qadrlash, o‘tganlarni yod etish va keksalarni e'zozlash har bir kishining insoniy burchidir.

😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!

📱Telegram 📱Istagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5