O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.85K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
O‘tganlar xotirasi muqaddas, jasorati mangu barhayot!

Bugun Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi, ustozlarimiz B. Muradov va B. Mirsagatov boshchiligida Shahidlar xiyobonida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir uyushtirildi.

Xiyobonning viqorli sokinligi har birimizni o‘tmish sahifalariga qaytardi. Bugun u yerda shunchaki gul qo‘ymadik — har bir chechak ortida cheksiz minnatdorlik, har bir daqiqalik sukut ortida esa mangu ehtirom bor edi. Ajdodlarimiz jasorati haqidagi samimiy suhbatlar bugungi tinchlik naqadar azizligini yana bir bor yodga soldi. Tarix unutilmaydi, xotira esa mangu barhayot!


📌 Tariximizni unutmang, bugungi tinchlikni qadrlang!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
2
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda ilmiy seminar tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan 6-may kuni tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi tadqiqotchilarga Scopus bazasida indekslanadigan nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop etish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda fan doktori, professor, akademik Mushtaq Ahmad ma’ruza bilan ishtirok etdi. Olimning H-indeksi 80 ni tashkil etib, u xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori nufuzga ega hisoblanadi. Shuningdek, professor Mushtaq Ahmad TWAS-UNESCO, IAS-OIC, PAS hamda PIFI-CAS akademik a’zosi sanaladi.

Seminar davomida ilmiy maqolaning tuzilmasini shakllantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro talablarga mos ravishda tayyorlash hamda Scopus bazasida indekslanadigan jurnallarda maqola chop etish masalalari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, professor Mushtaq Ahmad Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan bir qator ilmiy jurnallarning muharriri sifatidagi tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Seminar yakunida yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Forwarded from Edu.uz
#KelajakMuhandislari #Stajirovka #Innovatsiya #Muhandislar #YoshlarImkoniyati

“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!


Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o'tab, xalqaro darajaga olib chiqing.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar


Asosiy talablar:
Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish;
Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish;
Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish.


Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?
Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega;
Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan;
Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan;
Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar


📩 Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling! Ariza topshirish muddati - 20-maygacha!

Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!

Batafsil: muhandis.edu.uz

Murojaat uchun:
+998502106338

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
🎖 Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!

Fakultetimizning  3-sonli talabalar turar joyida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

​Tadbirga Ingliz filologiyasi fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Zokirov Sherzod tashrif buyurdi. Pedagog-tarbiyachi Gulnora Zuxurova boshchiligida oʻtkazilgan ushbu kechada oʻtganlar xotirasi yod etilib, bugungi tinch va osuda kunlarimizning qadri haqida soʻz bordi.

📌 Tadbir davomida:
​Vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati yodga olindi;

​Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va sheʼrlar namoyish etildi;

​Tinchlikni asrab-avaylash va vatanparvarlik har bir yoshning muqaddas burchi ekanligi taʼkidlandi.

Xotira bor ekan, millat barhayotdir. Bayram muborak boʻlsin!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
6🔥1
Forwarded from O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti (Мухаммаджон Абдурахмонов)
📍 Xotira va qadrlash kuni arafasida Rus filologiyasi fakultetining 2-bosqich talabalari uchun “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi Yuldasheva M. R. tashabbusi bilan Chirchiq Oliy Harbiy Tank Qo‘mondonlik-Muhandislik Bilim Yurtiga mazmunli va qiziqarli sayohat tashkil etildi.

🔹Tashrif dasturi haqiqatan ham katta taassurot qoldirdi. Talabalar bilim yurti muzeyiga tashrif buyurib, tarix va qahramonlik o‘tmishi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, o‘qituvchi va professorlar bilan bo‘lgan uchrashuv katta qiziqish uyg‘otdi — ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bo‘lajak ofitserlarni tayyorlash jarayoni haqida so‘zlab berdilar.

🔸Ekskursiyaning amaliy qismi esa haqiqiy harbiy muhitga sho‘ng‘ish imkonini berdi:
— ishtirokchilar parashyutdan sakrash simulyatorida o‘zlarini sinab ko‘rdilar,
— mina zararsizlantirilishi namoyishini kuzatdilar,
— otishma simulyatorida o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar,
— shuningdek, zamonaviy raqamli poligonga tashrif buyurdilar.


🔹Mazkur sayohat nafaqat qiziqarli, balki vatanparvarlik tarbiyasi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi. Talabalar xizmat, mas’uliyat va Vatanga sadoqat tushunchalarini yanada chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

#yoshlar_kuni
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Rus filologiyasi fakulteti💙
4👍3🔥1