O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, general-mayor F. Shermatov, boshliq o‘rinbosari, polkovnik S. Abdurayimov hamda ilmiy va innovatsion g‘oyalarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Tuxliyev ishtirok etdilar. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov hamda Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri D. Baxranova qatnashdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini atroflicha muhokama qildilar. Jumladan, ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar va ilg‘or metodikalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar, tanlovlar va sport musobaqalarini hamkorlikda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari uchun mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tomonlar imzolangan memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashinuvi ko‘lamini kengaytirish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Forwarded from Iqbol BAXT
Nemis tili orqali yangi istiqbollar sari!

4–5-may kunlari Dushanbe shahrida joylashgan Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida “Nemis tili o‘qituvchilari kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Germaniyaning Dushanbedagi elchixonasi, Gyote instituti, DAAD, ZfA hamda Cornelsen Verlag, Hueber Verlag va Klett Verlag kabi nufuzli tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda 100 nafardan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda samarali dars amaliyotlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti v.b., Germaniyaning Cornelsen nashriyoti metodik maslahatchisi Dr. (PhD) Gulrux Raximova mazkur tadbirda faol ishtirok etib, ikki kun davomida 4 ta amaliy seminar o‘tkazdi.

Seminarlarda dars jarayonini interaktiv, jonli va o‘quvchiga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish, zamonaviy darsliklardan samarali foydalanish hamda nemis tilini kommunikativ metodlar asosida o‘qitish masalalari yoritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
Forwarded from ALUZSWLU
📚 Xalqaro dastur boshlandi! 🇹🇷

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyi jamoasi 5–may kuni Turkiyaning Bornova Yoshlar markazi tomonidan tashkil etilayotgan “So‘zlar rangi: til va madaniyat sayohati” mavzusidagi xalqaro dasturda ishtirok etish uchun Izmir shahrida joylashgan Ege universitetiga tashrif buyurdilar.

🤝 Ilk kun ishtirokchilar dastlab samimiy tarzda kutib olindi va tanishtiruv kuni yuqori saviyada tashkil etildi.

🌍 Ushbu dastur yoshlar o‘rtasida til o‘rganish, madaniyatlar almashinuvi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥1👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ozarbayjon tillar universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abduraxim Nasirov Ozarbayjon tillar universitetida (ODU) bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda investitsion imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.


6-may kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy o‘quv dasturlari va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish, xalqaro grant va stipendiya dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, A.Nasirov ODU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Xamida xonim hamrohligida universitetdagi ilmiy faoliyat bilan tanishdi. Jumladan, professor I.Tuxtasinov, dotsent O.Yusupov va professor N.Isakulova ilmiy rahbarligida dissertatsiya olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida ODU huzurida faoliyat yuritayotgan “O‘zbek tili va madaniyati markazi” faoliyatini rivojlantirishmasalalari ham muhokama qilindi. Markaz uchun mas’ul xodim belgilash, o‘zbek tili va madaniyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish hamda o‘zbek tilini ikkinchi yoki uchinchi xorijiy til sifatida o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jariya xonim va Jayhun muallim bilan memorandum doirasida “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqildi. Unda qo‘shma ta’lim dasturlari, SCOPUS va Web of Science bazalariga mos ilmiy nashrlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy maqolalar hamda magistr va tadqiqotchilarga qo‘shma ilmiy rahbarlik kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Ma’lumot uchun, Ozarbayjon tillar universiteti QS xalqaro reytingida “Zamonaviy tillar” yo‘nalishi bo‘yicha 151–200, “Lingvistika” yo‘nalishi bo‘yicha esa 251–300 o‘rinlarni egallagan. O‘zDJTU esa “Lingvistika” yo‘nalishida 201–250o‘rinlarda qayd etilgan. Har ikki universitetda ham o‘zaro samarali hamkorlik natijasida o‘tgan yilga nisbatan 50 pog‘onaga yuqorilash kuzatilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

📚🌍🇪🇸
YEVROPA TAJRIBASI ASOSIDA TASHKIL ETILGAN QISQA MUDDATLI O‘QUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan Yevropa tajribasiga asoslangan qisqa muddatli o‘quv kurslari qizg‘in va samarali ruhda davom etmoqda.

Mazkur kurslar doirasida Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan malakali xorijiy mutaxassislar Dr. María Esther Zaplana Rodríguez hamda Dr. María Isabel Jiménez González tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va xalqaro tajribaga asoslangan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kurs davomida tinglovchilar:
– zamonaviy xorijiy til o‘qitish metodikalari;
– raqamli pedagogika va innovatsion texnologiyalar;
– interaktiv ta’lim vositalari;
– xalqaro ta’lim tajribalari bilan yaqindan tanishmoqda.
Mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, dars jarayonlarida amaliy yondashuvlar, tajriba almashinuvi va samarali muloqot muhiti shakllanmoqda.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏2🤩2