“Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida umumprofilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi
Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish maqsadida mazkur mavzuda tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Xamdamov ochib berdi. U globallashuv davrida turli yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshi kurashishda ilm-fan, ma’rifat va mustaqil fikrlash muhim ekanini ta’kidladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni zararli ta’sirlardan asrash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish va internetdan oqilona foydalanish haqida fikr bildirdilar: Toshkent Islom instituti mas’ul yetakchi ilmiy mutaxassisi I.Junaydullayev, universitet ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Xabiyeva hamda universitet profilaktika inspektori S.Sherboyev.
Yakunda talaba-yoshlar o‘z savollariga javob oldilar hamda ularni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish eng muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
✅ Uchrashuv davomida stipendiya sohiblari o‘zlarining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari, ilmiy va ijodiy faoliyatlari, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari haqida samimiy fikrlar bildirdilar.✅ Shuningdek, ular talabalarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, maqsad qo‘yish, izchil harakat qilish va imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.
✅ Mazmunli va samimiy muhitda o‘tgan ushbu uchrashuv yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish, ularni yanada yuqori marralarni zabt etishga undash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladigan muhim motivatsion maydonga aylandi.
#UzDJTU
#Grantlar
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥2🤩1
Mazkur seminar-trening “Turkiy dunyo maʼnaviy merosi: umumiy qadriyatlar, adabiy anʼanalar va ularning bugungi yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni” mavzusiga bagʻishlanib, unda turkiy xalqlar oʻrtasidagi tarixiy-madaniy meros, boy adabiy anʼanalar hamda ularning zamonaviy jamiyat hayotidagi ahamiyati keng qamrovda muhokama qilindi.
Seminar davomida buyuk mutafakkirlar merosi alohida eʼtibor markazida boʻlib, xususan, Yunus Emrening “Devoni”ning mazmun-mohiyati va ilmiy ahamiyati, shuningdek, Ahmad Yassaviy asarlarining bugungi kundagi maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlardagi oʻrni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbirda soha mutaxassislari va yetuk olimlar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalar talabalarda turkiy adabiy merosga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, ushbu seminar-treningda taniqli olimlar — Mustafa Tatchi hamda professor Musa Yildiz maʼruzachi sifatida ishtirok etdilar.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍1👏1