O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🔻🔻🔻🔻🔻🔻

AN'ANAVIY TALABALAR KONFERENSIYASI — PRESETT DAY

2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili integratsiyalashgan kursi №2 kafedrasi tomonidan tashkil etilgan PRESETT DAY talabalar konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hall 201 da bo‘lib o‘tgan ushbu ilmiy-amaliy tadbir talabalar bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan tanishish hamda tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

🔹 Konferensiya doirasida quyidagi muhim sessiyalar tashkil etildi:
• “From Classroom Projects to Real-Life Skills: The Power of Project-Based Learning”
— Xorijiy mutaxassis: Professor Marie Harbon-Gruchelska

• “Applying for MA TESOL and MA EDIN Programs: Requirements, Preparation, and Success Strategies”
— Xorijiy mutaxassis: Sanjar Djalalov (MA TESOL Program Leader)
— Bakhtiyor Akhmedov (Head of Admissions Office, Webster University)

🔹 Shuningdek, dastur davomida:
• Plenar sessiyalar
• Interaktiv skill station’lar (grammar, vocabulary, creativity)
• Student challenge’lar va tanlovlar
• Adabiyot viktorinasi va sahna chiqishlari tashkil etildi

Tadbir davomida talabalar o‘z ilmiy va ijodiy salohiyatlarini namoyon etish, fikr almashish hamda yangi tajribalar orttirish imkoniga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
🟦🟦🟦
“Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida umumprofilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish maqsadida mazkur mavzuda tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Xamdamov ochib berdi. U globallashuv davrida turli yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshi kurashishda ilm-fan, ma’rifat va mustaqil fikrlash muhim ekanini ta’kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni zararli ta’sirlardan asrash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish va internetdan oqilona foydalanish haqida fikr bildirdilar: Toshkent Islom instituti mas’ul yetakchi ilmiy mutaxassisi I.Junaydullayev, universitet ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Xabiyeva hamda universitet profilaktika inspektori S.Sherboyev.

Yakunda talaba-yoshlar o‘z savollariga javob oldilar hamda ularni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish eng muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan uchrashuv yuqori saviyada va mazmunli tarzda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Mazkur uchrashuv Iqtidorli talabalar bo'lim boshlig'i Ismatova Sh. tashabbuslari bilan tashkil etilib, unda fakultetning eng faol, izlanuvchan va iqtidorli talabalari jam bo‘ldi.

Ayniqsa, nomdor davlat stipendiyalari sohiblarining ishtiroki tadbirga alohida ruh va motivatsiya bag‘ishladi.

Uchrashuv davomida stipendiya sohiblari o‘zlarining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari, ilmiy va ijodiy faoliyatlari, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari haqida samimiy fikrlar bildirdilar.

Shuningdek, ular talabalarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, maqsad qo‘yish, izchil harakat qilish va imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.
Tadbirning eng qiziqarli qismi savol-javob jarayoni bo‘lib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Berilgan javoblar esa ko‘plab yoshlarga yangi maqsadlar sari dadil qadam tashlash uchun ilhom bag‘ishladi.

Mazmunli va samimiy muhitda o‘tgan ushbu uchrashuv yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish, ularni yanada yuqori marralarni zabt etishga undash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladigan muhim motivatsion maydonga aylandi.


#UzDJTU
#Grantlar
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2🤩1