O‘zDJTUda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida Xitoyning Tang International Education Group hamda Tang International Education and Technology kompaniyalari vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Xitoy tomonidan kompaniya prezidentlari Li Jinsong va Qian Xiang, shuningdek, operatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha menejer Qing Lifen hamda biznes bo‘yicha direktor Wang Minyan ishtirok etdi.
O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Xodjabekova, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Hakimova qatnashdi.
Uchrashuv davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetda kasbiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xitoy tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
O‘zDJTUda pokistonlik professorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida pokistonlik yetuk olimlar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Pokiston tomonidan Pokiston Fanlar akademiyasining bioxilma-xillik va bioenergetika bo‘yicha akademigi Mushtaq Ahmad hamda Islomobod shahridagi Quaid-i-Azam universiteti bioxilma-xillik va ekologiya bo‘yicha professori Shazia Sultana ishtirok etdi. O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri X. Xushvaqtova hamda mazkur kafedra professori D. Yo‘rmatova qatnashdi.
Uchrashuv davomida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, nufuzli indekslangan ilmiy jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish, o‘simliklarning yangi navlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish, ekologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjuman, seminar va treninglar tashkil etish hamda ularda faol ishtirok etish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🤩1
Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
Ingliz tili birinchi fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B. Hoshimov tomonidan 1-kurs talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus o‘quv seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” hamda “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” kabi dolzarb mavzular atroflicha yoritildi. Tadbirda talabalarga halollik, vijdonlilik, adolat tamoyillarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning mas’uliyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar jarayonida interaktiv usullar qo‘llanilib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda mavzu doirasida qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Ayniqsa, ta’lim tizimida halollik muhitini shakllantirish, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir talabalarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, halollik va poklik tamoyillariga sodiq bo‘lish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

❤4👍3