O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇬🇧Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti 2408-guruh talabalari tomonidan pedagogik amaliyot jarayonida 6-may kuni 173-maktabda “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tadbir maktab direktori Z. Kamolova hamda Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarov Bobur ishtirokida o‘tkazildi.

Oʻyin yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-oʻrin — “Bilimdonlar”
2-oʻrin — “Zukkolar”
3-oʻrin — “Burgutlar”

Gʻolib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O‘yin davomida o‘quvchilar bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida Xitoyning Tang International Education Group hamda Tang International Education and Technology kompaniyalari vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mazkur uchrashuvda Xitoy tomonidan kompaniya prezidentlari Li Jinsong va Qian Xiang, shuningdek, operatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha menejer Qing Lifen hamda biznes bo‘yicha direktor Wang Minyan ishtirok etdi.

O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Xodjabekova, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Hakimova qatnashdi.

Uchrashuv davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetda kasbiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xitoy tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda pokistonlik professorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida pokistonlik yetuk olimlar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Pokiston tomonidan Pokiston Fanlar akademiyasining bioxilma-xillik va bioenergetika bo‘yicha akademigi Mushtaq Ahmad hamda Islomobod shahridagi Quaid-i-Azam universiteti bioxilma-xillik va ekologiya bo‘yicha professori Shazia Sultana ishtirok etdi. O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri X. Xushvaqtova hamda mazkur kafedra professori D. Yo‘rmatova qatnashdi.

Uchrashuv davomida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, nufuzli indekslangan ilmiy jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish, o‘simliklarning yangi navlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish, ekologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjuman, seminar va treninglar tashkil etish hamda ularda faol ishtirok etish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤩1