O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49.2K photos
3.04K videos
323 files
9.84K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU prorektori Ozarbayjonda xalqaro hamkorlik safarida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Abdurahim Nosirov Ozarbayjon tillar universiteti (ODU) rektorining taklifiga binoan hamda ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida Boku shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

5-may kuni ODUda Haydar Aliyev tavalludining 103 yilligiga bag‘ishlangan “Haydar Aliyev: Multikulturalizm va bag‘rikenglik mafkurasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshlanishidan avval ishtirokchilar Faxriy xiyobonda Haydar Aliyev xotirasini hurmat bilan yod etib, uning qabriga gullar qo‘ydilar.

Konferensiyani ODU rektori, akademik Kamal Abdulla kirish so‘zi bilan ochib, mehmonlarni samimiy qutladi va mazkur anjuman ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidladi. Tadbirda turli xorijiy mamlakatlardan fan va ta’lim vakillari, olimlar, ziyolilar hamda jamoat arboblari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida so‘zga chiqqan Abdurahim Nosirov O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlarining izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi. Shuningdek, u O‘zbekistonda ko‘p madaniyatlilik va bag‘rikenglik masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini, ODU va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik izchil kengayib borayotganini ta’kidladi. Jumladan:
— Toshkentda Ozarbayjon tili markazi, ODUda esa o‘zbek tili markazi faoliyat yuritayotgani,
— O‘zDJTUda ozarbayjon tili uchinchi chet tili sifatida o‘qitila boshlangani,
— ODU professor-o‘qituvchilari O‘zDJTUda faoliyat olib borayotgani,
— O‘zDJTU olimlari ODU tadqiqotchilariga ilmiy maslahatlar berayotgani alohida e’tirof etildi.

Konferensiya doirasida “Haydar Aliyev va turkiy dunyo: tarix va zamonaviylik” hamda “Ommaviy axborot vositalari va raqamli makonda madaniyatlararo muloqot” mavzularida sho‘ba yig‘ilishlari ham bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda, shuningdek, Burak Eke, Lyudmila Bejenaru, Liza Brandt, Sevinj Fataliyeva va Arzu Nagiyev kabi xalqaro ekspertlar o‘z ma’ruzalarida ko‘p tillilik, madaniy xilma-xillik va bag‘rikenglik masalalari ilmiy hamda madaniy muhitni xalqarolashtirishda muhim omil ekanini ta’kidladilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Forwarded from Sarvinoz
🕊 TALABALAR FAROVONLIGI — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA

🏡 Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti tyutori Nilufar Mannonovna birinchi kurs talabalari yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida ularning ijaralariga tashrif buyurdi.

📍Mazkur tashrif ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish, ularning xavfsizligi, sog‘lom va qulay muhitda yashashini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida tashkil etildi.


Tashrif davomida ijaralardagi tozalik, sanitariya holati, yashash uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi batafsil ko‘zdan kechirildi.


Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa birinchi kurs talabalarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘qish jarayonida yuqori natijalarga erishishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.

🌐 Bizni kuzatib boring:
👉 O‘zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlari rasmiy kanali  https://t.me/uzswlu_global
7
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣 “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

🏆 Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin – 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin – 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi tahsil; olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegramv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇬🇧Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti 2408-guruh talabalari tomonidan pedagogik amaliyot jarayonida 6-may kuni 173-maktabda “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tadbir maktab direktori Z. Kamolova hamda Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarov Bobur ishtirokida o‘tkazildi.

Oʻyin yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-oʻrin — “Bilimdonlar”
2-oʻrin — “Zukkolar”
3-oʻrin — “Burgutlar”

Gʻolib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O‘yin davomida o‘quvchilar bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida Xitoyning Tang International Education Group hamda Tang International Education and Technology kompaniyalari vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mazkur uchrashuvda Xitoy tomonidan kompaniya prezidentlari Li Jinsong va Qian Xiang, shuningdek, operatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha menejer Qing Lifen hamda biznes bo‘yicha direktor Wang Minyan ishtirok etdi.

O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Xodjabekova, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Hakimova qatnashdi.

Uchrashuv davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetda kasbiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xitoy tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1