Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
📅 2026-yil, 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.
📍 Tashrifning dastlabki kunlarida (4–5-may) ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:
✅ qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
✅ talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
✅ ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
✅ Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
✅ pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.
🤝 Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Universidad de Alicante — nufuzli universitetlardan biri, yuqori darajadagi universitetlar qatoriga kiradi, ayniqsa tilshunoslik, tarjima, turizm va huquq yo‘nalishlarida kuchli. Dunyo TOP-1000 universitetlari qatoriga kiradi.
✅ Biz bilan birga bo’ling!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
🏐🏀 Bugun, 1-may — Juma sport kuni munosabati bilan Ingliz tilini Ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan voleybol va basketbol musobaqalari tashkil etildi. 🎉
Tadbir davomida kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi, jismoniy faollik oshirildi hamda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati va jismoniy qobiliyatlarini namoyish etdilar.💪 🔥
Bunday sport tadbirlari jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ko‘tarinki kayfiyat ulashishda muhim ahamiyat kasb etadi.✨ 🤝
#JumaSportKuni #SportBayrami #Voleybol #Basketbol #SoglomTurmush #KafedraHayoti
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Tadbir davomida kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi, jismoniy faollik oshirildi hamda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati va jismoniy qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Bunday sport tadbirlari jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ko‘tarinki kayfiyat ulashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#JumaSportKuni #SportBayrami #Voleybol #Basketbol #SoglomTurmush #KafedraHayoti
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Forwarded from O’zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
Zulfiya Kannazarova muallifligidagi “BIBLIOMETRIC RESEARCH I” qisqa muddatli o‘quv kurslari turkumining birinchi bosqich mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun tashkil etilgan, “BIBLIOMETRIC RESEARCH I” qisqa muddatli o‘quv kurslari turkumining 1-guruh mashg‘ulotlari boshlandi. Kurs davomida tinglovchilarga Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish, IMRAD asosida maqola tayyorlash, Q1 va Q2 jurnallarini tanlash hamda bibliometrik ko‘rsatkichlar bilan ishlash bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
Mazkur kurs bugungi kunda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Sababi, ilmiy daraja olish tizimida xalqaro jurnallarda maqola chop etish talablari bosqichma-bosqich kuchaytirilib, DSc va PhD izlanuvchilari uchun Q1 va Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish muhim mezonlardan biriga aylanmoqda.
📌 Ayni paytda “BIBLIOMETRIC RESEARCH” qisqa muddatli o‘quv kurslari turkumining navbatdagi guruhi uchun ham qabul davom etmoqda. Ilmiy maqola yozish, xalqaro bazalarda ishlash hamda Scopus va Web of Science tizimlari bilan ishlashni o‘rganish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar kursga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📱 Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🚀 Telegram
🔵 Facebook
📷 Instagram

👍5❤4🤩2
O‘zDJTUda turk madaniyati shukuhi: “Qiz chiqarish va xina kechasi” an’analari tadbiri
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida turk xalqining boy va qadimiy an’analarini tarannum etuvchi mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi chet tili o‘qituvchisi Cennet Güler boshchiligida Turk tili tarjimonlik yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan “Turk madaniyatida qiz so‘rash va xina kechasi odatlari” mavzusidagi dastur barchada katta taassurot qoldirdi.
An’analar sahnada jonlandi
Tadbir doirasida Tarjimonlik fakulteti 2519 va 2520-guruh talabalari turk madaniyatining eng rang-barang marosimlari — qiz so‘rash va xina kechasini o‘z ichiga olgan teatrlashtirilgan tomoshani taqdim etdilar. Talabalar milliy liboslar va maxsus sahna ko‘rinishlari orqali:
— “Tuzli qahva” uzatishdan tortib, qiz so‘rash duolarigacha,
— Xina yoqish marosimidan tortib, an’anaviy qo‘shiqlargacha bo‘lgan barcha jihatlarni mahorat bilan namoyish etdilar.
“Oila — jamiyatning mustahkam poydevori”
Sahna ko‘rinishidan so‘ng Cennet Güler so‘zga chiqib, turk jamiyatida oila institutining muqaddasligi va ahamiyati haqida to‘xtaldi. U oila qurish jarayonidagi ushbu urf-odatlar shunchaki bayram tadbiri emas, balki avlodlar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlovchi va o‘zaro hurmatni shakllantiruvchi muhim madaniy meros ekanini ta’kidladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

❤3👍1😢1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
Qiziqarli savollar, interaktiv o‘yinlar va jonli muhokamalar darsga maxsus ruh bag‘ishladi. Har bir ishtirokchi faolligi bilan ajralib turdi!
Ushbu dars bilim, faollik va motivatsiyaning ajoyib uyg‘unligi bo‘ldi!

❤2👍2