O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49K photos
3.03K videos
323 files
9.82K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan birgalikda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasini yod etdilar. Majmua poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini ado etish chog‘ida jon fido etgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasi alohida ehtirom bilan tilga olindi. Ularning jasorati, fidoyiligi va Vatan oldidagi xizmatlari yosh avlod uchun ibrat ekani alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarining hayoti, ilmiy merosi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali o‘sha davrning murakkab va sinovli jarayonlari, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Tadbir davomida tarixiy maskanlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlanib, bu kabi joylar tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish hamda uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda bunday tashriflarning tarbiyaviy ahamiyati yuqori ekani alohida urg‘ulandi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarni tarixga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur tadbirlar joriy yilda belgilangan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Tadbirlarning asosiy mazmuni — qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish hamda bu boradagi bilim va tushunchalarni yoshlar o‘rtasida keng yoyishga qaratilgan. Shu orqali yosh avlod qalbida ajdodlarga hurmat, tarixga e’tibor va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

📅 2026-yil, 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.

📍 Tashrifning dastlabki kunlarida (4–5-may) ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

🤝 Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Universidad de Alicantenufuzli universitetlardan biri, yuqori darajadagi universitetlar qatoriga kiradi, ayniqsa tilshunoslik, tarjima, turizm va huquq yo‘nalishlarida kuchli. Dunyo TOP-1000 universitetlari qatoriga kiradi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🏐🏀Bugun, 1-may — Juma sport kuni munosabati bilan Ingliz tilini Ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan voleybol va basketbol musobaqalari tashkil etildi. 🎉

Tadbir davomida kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi, jismoniy faollik oshirildi hamda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati va jismoniy qobiliyatlarini namoyish etdilar. 💪🔥

Bunday sport tadbirlari jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ko‘tarinki kayfiyat ulashishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🤝

#JumaSportKuni #SportBayrami #Voleybol #Basketbol #SoglomTurmush #KafedraHayoti

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Zulfiya Kannazarova muallifligidagi “BIBLIOMETRIC RESEARCH I” qisqa muddatli o‘quv kurslari turkumining birinchi bosqich mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun tashkil etilgan, “BIBLIOMETRIC RESEARCH I” qisqa muddatli o‘quv kurslari turkumining 1-guruh mashg‘ulotlari boshlandi. Kurs davomida tinglovchilarga Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish, IMRAD asosida maqola tayyorlash, Q1 va Q2 jurnallarini tanlash hamda bibliometrik ko‘rsatkichlar bilan ishlash bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Mazkur kurs bugungi kunda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Sababi, ilmiy daraja olish tizimida xalqaro jurnallarda maqola chop etish talablari bosqichma-bosqich kuchaytirilib, DSc va PhD izlanuvchilari uchun Q1 va Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish muhim mezonlardan biriga aylanmoqda.

📌 Ayni paytda “BIBLIOMETRIC RESEARCH” qisqa muddatli o‘quv kurslari turkumining navbatdagi guruhi uchun ham qabul davom etmoqda. Ilmiy maqola yozish, xalqaro bazalarda ishlash hamda Scopus va Web of Science tizimlari bilan ishlashni o‘rganish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar kursga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🤩2