Forwarded from Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🎉2👏1
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan birgalikda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasini yod etdilar. Majmua poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini ado etish chog‘ida jon fido etgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasi alohida ehtirom bilan tilga olindi. Ularning jasorati, fidoyiligi va Vatan oldidagi xizmatlari yosh avlod uchun ibrat ekani alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarining hayoti, ilmiy merosi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali o‘sha davrning murakkab va sinovli jarayonlari, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Tadbir davomida tarixiy maskanlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlanib, bu kabi joylar tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish hamda uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda bunday tashriflarning tarbiyaviy ahamiyati yuqori ekani alohida urg‘ulandi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarni tarixga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur tadbirlar joriy yilda belgilangan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlarning asosiy mazmuni — qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish hamda bu boradagi bilim va tushunchalarni yoshlar o‘rtasida keng yoyishga qaratilgan. Shu orqali yosh avlod qalbida ajdodlarga hurmat, tarixga e’tibor va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
📅 2026-yil, 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo’lmoqda.
📍 Tashrifning dastlabki kunlarida (4–5-may) ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:
✅ qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
✅ talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish;
✅ ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
✅ Erasmus+ va boshqa xalqaro grant loyihalarida faol ishtirokni davom ettirish;
✅ pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.
🤝 Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Universidad de Alicante — nufuzli universitetlardan biri, yuqori darajadagi universitetlar qatoriga kiradi, ayniqsa tilshunoslik, tarjima, turizm va huquq yo‘nalishlarida kuchli. Dunyo TOP-1000 universitetlari qatoriga kiradi.
✅ Biz bilan birga bo’ling!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube

❤6👍1