Forwarded from Fakultet talabalari
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida “Kelajak soati” doirasida 33-mavzu — “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusida dars o‘tkazildi.
Dars fakultet dekani I.Bazarov tomonidan olib borildi. Unda ajdodlarimizning fidoyiligi, ularning jasorati va bugungi yoshlar uchun ibrati haqida sodda va samimiy tarzda fikr yuritildi. Xotira va qadrlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Dars mazmunli va samimiy ruhda o‘tdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti

❤2👍2
Forwarded from Fakultet talabalari
Xotira qadrlanadi, bilim ulug‘lanadi!
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti tashabbusi doirasida Angren universiteti hamda Angren XDP bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. o‘yin ishtirokchilari o‘z bilim va zakovatlarini namoyon etib, yuqori natijalarga erishish uchun bellashdilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti tashabbusi doirasida Angren universiteti hamda Angren XDP bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. o‘yin ishtirokchilari o‘z bilim va zakovatlarini namoyon etib, yuqori natijalarga erishish uchun bellashdilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
❤3👍1
Forwarded from Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🎉2👏1
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan birgalikda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasini yod etdilar. Majmua poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini ado etish chog‘ida jon fido etgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasi alohida ehtirom bilan tilga olindi. Ularning jasorati, fidoyiligi va Vatan oldidagi xizmatlari yosh avlod uchun ibrat ekani alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarining hayoti, ilmiy merosi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali o‘sha davrning murakkab va sinovli jarayonlari, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Tadbir davomida tarixiy maskanlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlanib, bu kabi joylar tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish hamda uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda bunday tashriflarning tarbiyaviy ahamiyati yuqori ekani alohida urg‘ulandi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarni tarixga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur tadbirlar joriy yilda belgilangan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlarning asosiy mazmuni — qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish hamda bu boradagi bilim va tushunchalarni yoshlar o‘rtasida keng yoyishga qaratilgan. Shu orqali yosh avlod qalbida ajdodlarga hurmat, tarixga e’tibor va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2