Mazkur tadbirda fakultet dekani D. Djurayev, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absalomov, kafedra oʻqituvchisi I. Rojiboyev hamda toʻgarak aʼzolari ishtirok etdilar. Tadbir fakultet dekani tomonidan mashgʻulot ochib berilib, unda toʻgarak faoliyati davomida erishilgan natijalar va talabalarning yutuqlari alohida eʼtirof etildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Koreya huquq toʻgaragi Koreys filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi I. Rojiboyev rahbarligida tashkil etilgan boʻlib, 19-fevral – 5-may kunlari davomida faoliyat olib bordi. Ushbu davr mobaynida talabalar Koreya Respublikasining huquq tizimi, mamlakatga kirish-chiqish tartibi, mehnat munosabatlari, yashash joyi bilan bogʻliq huquqiy masalalar, yoʻl harakati qoidalari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, sogʻliqni saqlash tizimi hamda jinoyat va jazoga oid qonunchilik asoslari bilan yaqindan tanishdilar.
Toʻgarak mashgʻulotlari davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilib, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni xalqaro huquqiy muhitga moslashuvchan qilib tarbiyalash maqsad qilingan edi.
Tadbir yakunida toʻgarakni muvaffaqiyatli tamomlagan 22 nafar talabaga maxsus sertifikatlar hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Bu esa talabalarning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatiga qoʻshimcha motivatsiya boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
Bunday ilmiy-amaliy toʻgaraklar talabalarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, ularni xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishtirish hamda zamonaviy mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Kafedraning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
5-may kuni filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan Babakulova Luiza Ravshanovnaning dissertatsiyasini muhokama qilishga bag‘ishlangan kafedraning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish an’anaviy (oflayn) hamda ZOOM platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etilib, unda kafedra a’zolari, soha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirok etdi.
Muhokama davomida dissertatsiyaning “Turli tizimli tillarda (o‘zbek–ingliz–rus) gidrotexnik inshootlar qurilishiga oid terminlarning funksional-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari” mavzusi atroflicha ko‘rib chiqildi. Tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur dissertatsiya ishiga munosib baho berilib, uning qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Kafedra majlisida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi
5-may kuni kengaytirilgan kafedra majlisida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish an’anaviy va onlayn formatlar uyg‘unligida tashkil etilib, unda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar.
Majlisda Abduraxmanova Zubayda Yuldash qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Xitoy va o‘zbek tillarida sud-huquq sohasiga oid terminlarning chog‘ishtirma aspekti” mavzusidagi dissertatsiya ishi atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy asoslanganligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar, keltirilgan tahlillar va xulosalar mutaxassislar tomonidan chuqur tahlil qilinib, ularning zamonaviy filologiya va tarjimashunoslik rivojidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, rasmiy taqrizchilar tomonidan taqdim etilgan xulosalar va tavsiyalar asosida dissertatsiya ishining ayrim jihatlari yuzasidan takliflar bildirilib, ilmiy ishni yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uni keyingi ilmiy bosqichlarga tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1