O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
49K photos
3.03K videos
323 files
9.82K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram


Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani 21-son umumta’lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.


Mazkur tashrif o‘quvchi-yoshlarni oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasb tanlashiga ko‘maklashish hamda kelgusida to‘g‘ri yo‘nalish tanlashiga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif avvalida o‘quvchilarni Talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi Diyorbek Musurmonov samimiy kutib olib, tashrifning maqsadi va kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng mehmonlar uchun universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.

Tanishtiruv jarayonida o‘quvchilarga universitet infratuzilmasi, jumladan, kutubxonalar faoliyati, ulardagi elektron va an’anaviy adabiyotlar fondi, talabalarga yaratilgan zamonaviy o‘quv sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sinxron tarjima xonalari, lingafon kabinetlari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maxsus auditoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Bundan tashqari, o‘quvchilarga universitetda faoliyat yuritayotgan fakultetlar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda talabalar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Qabul jarayonlari, kirish imtihonlari va talabalar hayotiga oid muhim jihatlar ham atroflicha tushuntirildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan ularga batafsil javoblar berildi. Mazkur tashrif o‘quvchilarning universitet hayoti haqidagi tasavvurlarini yanada boyitib, ularning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
🟦🟦

Kafedra majlisida doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

5-may kuni kengaytirilgan kafedra majlisida filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish an’anaviy (offline) hamda ZOOM platformasi orqali onlayn formatda tashkil etildi.

Yig‘ilishda Tursunov Mirzo Mahmudovichning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan
“Mediadiskursda “Sharq va G‘arb” obrazi reprezentatsiyasining sotsiolingvistik shartlanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, rasmiy taqrizchilar tomonidan berilgan xulosalar va tavsiyalar asosida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli fikrlar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uni keyingi bosqichlarga tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Koreya huquq toʻgaragining yopilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbirda fakultet dekani D. Djurayev, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri M. Absalomov, kafedra oʻqituvchisi I. Rojiboyev hamda toʻgarak aʼzolari ishtirok etdilar. Tadbir fakultet dekani tomonidan mashgʻulot ochib berilib, unda toʻgarak faoliyati davomida erishilgan natijalar va talabalarning yutuqlari alohida eʼtirof etildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Koreya huquq toʻgaragi Koreys filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi I. Rojiboyev rahbarligida tashkil etilgan boʻlib, 19-fevral – 5-may kunlari davomida faoliyat olib bordi. Ushbu davr mobaynida talabalar Koreya Respublikasining huquq tizimi, mamlakatga kirish-chiqish tartibi, mehnat munosabatlari, yashash joyi bilan bogʻliq huquqiy masalalar, yoʻl harakati qoidalari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, sogʻliqni saqlash tizimi hamda jinoyat va jazoga oid qonunchilik asoslari bilan yaqindan tanishdilar.

Toʻgarak mashgʻulotlari davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilib, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni xalqaro huquqiy muhitga moslashuvchan qilib tarbiyalash maqsad qilingan edi.

Tadbir yakunida toʻgarakni muvaffaqiyatli tamomlagan 22 nafar talabaga maxsus sertifikatlar hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Bu esa talabalarning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatiga qoʻshimcha motivatsiya boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Bunday ilmiy-amaliy toʻgaraklar talabalarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, ularni xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishtirish hamda zamonaviy mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32