Migratsiya agentligi va Peruja xorijliklar universiteti hamkorligi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Migratsiya agentligi hamda Italiyaning Peruja shahridagi Peruja xorijliklar universiteti bilan hamkorlik doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov hamda sohaviy mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuv ZOOM platformasi orqali o‘tkazilib, hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, italyan tili bo‘yicha 7 oylik maxsus o‘quv dasturining joriy holati va kelgusi vazifalar muhokama qilindi.
Tomonlar tomonidan italyan tilini o‘qitish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, tinglovchilarning til bilish darajasini oshirish hamda CELI xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan hamshiralar sonini kengaytirish, yangi nomzodlarni jalb qilish va o‘quv jarayonlarini tizimli monitoring qilish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
Yolgʻizlikdan jamoaga — birga kuchlimiz!
Xalqaro jurnalistika fakulteti IPMBIB xodimasi M. Abdullayeva tomonidan TTJda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Yolgʻizlikdan jamoaga: birga kuchli boʻlish” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy faollikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Samimiy suhbatlar, fikr almashuvlar orqali talabalarga ruhiy qoʻllab-quvvatlash berildi.
Shuningdek, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan ham xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi hamda zarur tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊 Telegram|📸 Instagram|📺 YouTube

❤6
Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
🗓️ Bugun, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tyutorlar Allamova Mavluda va Tadjiyeva Yulduz boshchiligida 2517–2518-guruh talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Bu sana biz uchun shunchaki tarix emas — bu chuqur hurmat, ehtirom va cheksiz minnatdorlik ifodasidir.
🕊️ Biz bugun o‘tganlarni yod etib, ularning jasorati oldida ta’zim qilamiz.
🌿 Ularning fidoyiligi — bugungi tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevoridir.
📜 Xotira — muqaddas, qadrlash esa har birimizning insoniy burchimizdir.
🤝 Bunday kunlar qalblarimizni birlashtiradi va o‘zligimizni chuqurroq anglashga undaydi.
🌅 Har bir tinch kunimiz — ular qilgan buyuk jasoratning samarasidir.
⭐ Xotira yashar ekan, qahramonlar nomi ham abadiy yashaydi.

❤3👍2🔥1👏1
4-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida tartib-intizomni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir universitetning “Qalqon” jamoasi a’zolari hamda profilaktika katta inspektori Sanjar Sherboyev hamkorligida tashkil etildi. Unda universitet hududida, jumladan, o‘quv binolari va ularga tutash hududlarda tartib-intizomga rioya etilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Shuningdek, talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lish zarurligi tushuntirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤4👍2