O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.9K photos
3.03K videos
323 files
9.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🇪🇸🇺🇿 Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

📅 2026-yil 4-may kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.I. Xakimov va Registrator Ofisi boshlig’i A.K. Xalillayevlar Erasmus+ KA171 Staff Mobility Program doirasida Ispaniyaning Uelva universitetiga tashrif buyurdilar.

📍Dasturining birinchi kunida ishtirokchilar universitetning tashkil etilgan tanishtiruv uchrashuvlarida faol qatnashmoqdalar. Uchrashuvlar davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

🤝 Shuningdek, dastlabki kun doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan vakillari bilan kelgusida qo‘shma loyihalar hamda akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Mazkur tashrif xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🟦🟦🟦🟦

Migratsiya agentligi va Peruja xorijliklar universiteti hamkorligi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Migratsiya agentligi hamda Italiyaning Peruja shahridagi Peruja xorijliklar universiteti bilan hamkorlik doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov hamda sohaviy mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuv ZOOM platformasi orqali o‘tkazilib, hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, italyan tili bo‘yicha 7 oylik maxsus o‘quv dasturining joriy holati va kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

Tomonlar tomonidan italyan tilini o‘qitish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, tinglovchilarning til bilish darajasini oshirish hamda CELI xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan hamshiralar sonini kengaytirish, yangi nomzodlarni jalb qilish va o‘quv jarayonlarini tizimli monitoring qilish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥1
Yolgʻizlikdan jamoaga — birga kuchlimiz!

Xalqaro jurnalistika fakulteti IPMBIB xodimasi M. Abdullayeva tomonidan TTJda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Yolgʻizlikdan jamoaga: birga kuchli boʻlish” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy faollikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Samimiy suhbatlar, fikr almashuvlar orqali talabalarga ruhiy qoʻllab-quvvatlash berildi.

Shuningdek, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan ham xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi hamda zarur tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🗓️ Bugun, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tyutorlar Allamova Mavluda va Tadjiyeva Yulduz boshchiligida 2517–2518-guruh talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bu sana biz uchun shunchaki tarix emas — bu chuqur hurmat, ehtirom va cheksiz minnatdorlik ifodasidir.

🕊️ Biz bugun o‘tganlarni yod etib, ularning jasorati oldida ta’zim qilamiz.
🌿 Ularning fidoyiligi — bugungi tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevoridir.
📜 Xotira — muqaddas, qadrlash esa har birimizning insoniy burchimizdir.
🤝 Bunday kunlar qalblarimizni birlashtiradi va o‘zligimizni chuqurroq anglashga undaydi.
🌅 Har bir tinch kunimiz — ular qilgan buyuk jasoratning samarasidir.
Xotira yashar ekan, qahramonlar nomi ham abadiy yashaydi.
3👍2🔥1👏1