Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
📚Universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Ijtimoiy - psixologik muhitni yaxshilash bo'limi mutaxassisi D.Matyakubova hamda Ingliz tili 1-fakulteti tyutori D.Xurramova tomonidan 1-kurs talaba qizlari uchun psixologik seminar tashkil etildi.
🖇Seminar davomida talaba qizlar bilan psixologik barqarorlikni mustahkamlash, stressni boshqarish, shaxsiy rivojlanish, muloqot madaniyati hamda ta’lim jarayoniga moslashish kabi dolzarb mavzularda suhbatlar olib borildi.
📌Tadbir jarayonida ishtirokchilarga turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ijobiy fikrlashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
❇️Mazkur seminar talaba qizlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

❤4
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
🕯 Xotira – muqaddas qadriyat: Mulla Abduvahhob Ibodiy yod etildi
Qatag‘on qurbonlaridan biri, din va jamoat arbobi Mulla Abduvahhob Ibodiy hayoti va ijtimoiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dekan muovini Sherzod Zokirov, tyutor Mirsagadov Baxtiyor hamda Namozaliyev Afzalbeklar nutq so'zlashdi.
Vatan fidoyilarining xotirasi hamisha barhayot!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Millat ozodligi va ma’rifat yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning nomini tiklash, ularning hayot yo‘lini o‘rganish – bugungi avlodning muqaddas burchidir. Ushbu tadbir nafaqat o‘tmishni eslash, balki yosh avlod qalbida o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Vatan fidoyilarining xotirasi hamisha barhayot!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
❤5
Forwarded from Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
Bugungi kunda
Ular Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik sessiyasi doirasida yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish, ularga tarjima xizmatlarini ko‘rsatish orqali xalqaro muloqotda faol ishtirok etishmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥2🎉2👏1
Turkiyaga jo‘nab ketayotgan akademik litsey jamoasi bilan safar oldi uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev bilan birgalikda Turkiyaga yo‘l olayotgan Akademik litsey rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan safar oldi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga xalqaro almashinuv dasturining ahamiyati, uning ta’lim va madaniy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, rektor tomonidan ishtirokchilarga mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda bilim va tajriba almashinuvidan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ma’lum qilinishicha, Akademik litseyning bir guruh rahbar-xodimlari, o‘qituvchilari va o‘quvchilari 2026-yil 5–12-may kunlari Turkiyaning Bornova Yoshlar markazi tomonidan tashkil etilayotgan “So‘zlar rangi: til va madaniyat sayohati” mavzusidagi xalqaro dasturda ishtirok etadilar.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga omad tilanib, ularning ushbu safar orqali yangi bilim va tajribalar bilan qaytishlariga ishonch bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7