O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.9K photos
3.03K videos
323 files
9.8K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari tarixiy shaharlar bo‘ylab amaliy safarda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari Buxoro va Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro shahrida tinglovchilar Poi-Kalon majmuasi, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi, Lyabi-Havuz majmuasi kabi muhim tarixiy obidalarni ziyorat qilib, milliy hunarmandchilik an’analari bilan tanishdilar hamda xorijiy sayyohlar bilan amaliy muloqot olib bordilar.

Samarqand shahrida esa Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Gur-Amir maqbarasi, Shohi Zinda nekropoli kabi muqaddas va tarixiy maskanlar bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Shuningdek, tinglovchilar Samarqand davlat chet tillari instituti talabalari bilan tajriba almashib, kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar xorijiy sayyohlar bilan muloqotga kirishib, ularga tarixiy obidalar haqida xorijiy tillarda ma’lumot berish ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rdilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur amaliy safar 28-apreldan 3-mayga qadar Xiva – Buxoro – Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4🔥2🤩1
📚Universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Ijtimoiy - psixologik muhitni yaxshilash bo'limi mutaxassisi D.Matyakubova hamda Ingliz tili 1-fakulteti tyutori D.Xurramova tomonidan 1-kurs talaba qizlari uchun psixologik seminar tashkil etildi.

🖇Seminar davomida talaba qizlar bilan psixologik barqarorlikni mustahkamlash, stressni boshqarish, shaxsiy rivojlanish, muloqot madaniyati hamda ta’lim jarayoniga moslashish kabi dolzarb mavzularda suhbatlar olib borildi.

📌Tadbir jarayonida ishtirokchilarga turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ijobiy fikrlashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

❇️Mazkur seminar talaba qizlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
4
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
🕯 Xotira – muqaddas qadriyat: Mulla Abduvahhob Ibodiy yod etildi

Qatag‘on qurbonlaridan biri, din va jamoat arbobi Mulla Abduvahhob Ibodiy hayoti va ijtimoiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dekan muovini Sherzod Zokirov, tyutor Mirsagadov Baxtiyor hamda Namozaliyev Afzalbeklar nutq so'zlashdi.

Millat ozodligi va ma’rifat yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning nomini tiklash, ularning hayot yo‘lini o‘rganish – bugungi avlodning muqaddas burchidir. Ushbu tadbir nafaqat o‘tmishni eslash, balki yosh avlod qalbida o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.


Vatan fidoyilarining xotirasi hamisha barhayot!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
5
🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Tarjimonlik fakulteti talabalari amaliy faoliyatda!

Bugungi kunda
🇺🇿 Tarjimonlik fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari hozirda Toshkent xalqaro aeroportida volontyor-tarjimon sifatida faoliyat olib bormoqda.

Ular Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik sessiyasi doirasida yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish, ularga tarjima xizmatlarini ko‘rsatish orqali xalqaro muloqotda faol ishtirok etishmoqda.

💬 Bu kabi amaliy tajriba talabalarimizning nafaqat til ko‘nikmalarini, balki madaniyatlararo muloqot, tezkor fikrlash va professional mahoratini ham yanada rivojlantirmoqda.

👏 Fakultetimiz talabalari bilan faxrlanamiz va ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram Telegram
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2🎉2👏1
🟦🟦🟦

Turkiyaga jo‘nab ketayotgan akademik litsey jamoasi bilan safar oldi uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev bilan birgalikda Turkiyaga yo‘l olayotgan Akademik litsey rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan safar oldi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga xalqaro almashinuv dasturining ahamiyati, uning ta’lim va madaniy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, rektor tomonidan ishtirokchilarga mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda bilim va tajriba almashinuvidan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Akademik litseyning bir guruh rahbar-xodimlari, o‘qituvchilari va o‘quvchilari 2026-yil 5–12-may kunlari Turkiyaning Bornova Yoshlar markazi tomonidan tashkil etilayotgan “So‘zlar rangi: til va madaniyat sayohati” mavzusidagi xalqaro dasturda ishtirok etadilar.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga omad tilanib, ularning ushbu safar orqali yangi bilim va tajribalar bilan qaytishlariga ishonch bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7